Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida yil yakuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Rasul To‘rayev so‘zga chiqib, jamoani yaqinlashib kelayotgan 2026 yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” bilan tabrikladi.

Rektor o‘z nutqida ishchi-xodimlarni universitet barqarorligi, tartib-intizom va madaniyatining tayanchi sifatida e’tirof etib, ularning 2025 yil davomida olib borgan fidokorona mehnatini yuqori baholadi. Shuningdek, kelgusi yilda tozalik, intizom, xavfsizlik hamda tejamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida universitet faoliyatida fidoyilik va tashabbuskorlik bilan mehnat qilayotgan ilg‘or professor-o‘qituvchilar hamda mehnatkash ishchi-xodimlar e’tirof etilib, ularning samarali faoliyati rag‘batlantirildi.

Shu bilan birga, tadbirda joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida quvnoq kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi. Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bayramona muhit, quvonchli tabassumlar va bolalarning beg‘ubor shodligi tadbirga alohida samimiyat va iliqlik bag‘ishladi.