Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti 2-bosqich talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi” hamda “Veterinariyada kasb etikasi” fanlaridan navbatdagi amaliy mashg‘ulotni Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Janub Surxon chorvadori” fermer xo‘jaligida o‘tkazdilar.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar chorva mollarini klinik va sistemali tekshirish usullari, bo‘g‘ozlikni ultra zond yordamida aniqlash, hazm organlarida uchraydigan begona jismlarni maxsus metal zondlar orqali chiqarib olish, buzoqlarda shoxsizlantirish kabi veterinariya amaliyotlarida bevosita ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, chorva mollarini saqlash va oziqlantirish sharoitlari, oziqa zahiralarini to‘g‘ri tashkil etish, ratsion tuzish masalalari bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
