Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida “Universitetda odob-axloq qoidalari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Odob-axloq kodeksi me’yorlari va prinsiplari, shuningdek har bir modda bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Kodeks 10 bob va 35 moddadan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
● Umumiy qoidalar
● Kodeks prinsiplari
● Korrupsiyaga qarshi kurashish
● Xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqoti
● Rahbariyatning odob-axloqqa oid majburiyatlari
● Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari
● Odob-axloqqa oid majburiyatlar
● Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
● Odob-axloq komissiyasi faoliyati
● Yakuniy qoida

Kodeks ta’lim-tarbiya jarayonida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi, axloqiy muhitni mustahkamlaydi.