Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Texnoprom–2025” xalqaro forumida faol ishtirok etmoqda.

Forum doirasida u zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechimlar va ilg‘or ilmiy ishlanmalarni namoyish etuvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdi.

Qiziqish uyg‘otgan texnologiyalar:

Agro-robotlar — sun’iy intellekt asosida masofadan boshqariladigan zamonaviy dehqonchilik texnikasi
VENOM off-road texnikalari — geologiya, qishloq xo‘jaligi va favqulodda vaziyatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan yuruvchan mashinalar
Innovatsion oziq-ovqat va qayta ishlash texnologiyalari — biotexnologik uskunalar va yangi avlod mahsulotlari
Intellektual dronlar — muhandislik, kuzatuv va boshqaruv imkoniyatlariga ega uchuvchi qurilmalar

Professor To‘rayev ushbu ishlanmalarni yaratgan ixtirochilar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularga katta qiziqish bildirdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Forumning plenар sessiyalarida esa dunyo ilmiy doiralari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va soha yetakchilari ishtirokida global texnologik muammolar, ilmiy hamkorlik va istiqbolli strategiyalar keng muhokama qilinmoqda.