Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi uchun quvonchli xabar!
“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, 1 milliard so‘mlik loyihamiz g‘olib deb topildi. Endi universitet hududida zamonaviy mini-futbol maydoni barpo etiladi!
Bu maydon:
talabalarimiz uchun sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash,
mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish,
sportga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bu nafaqat universitetimiz, balki butun mahallamiz uchun katta bayram tuhfasidir.
Universitet jamoasi va mahalla yoshlari uchun ushbu quvonch muborak bo‘lsin!
