Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan “Texnoprom–2025” xalqaro forumi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev hamda Novosibirsk davlat iqtisodiyot va boshqaruv universiteti (NGUEU) prorektori Vladimir Romashin uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki universitet o‘rtasida qator yo‘nalishlarda samarali hamkorlik aloqalari muhokama qilindi:
Iqtisodiy ta’lim sohasida qo‘shma dasturlar
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
Ikki diplomli (qo‘sh malaka) ta’lim dasturlari
Yozgi va qishki universitet dasturlari

Shuningdek, tomonlar innovatsion yondashuvlar, xalqaro akademik tajriba almashish va qo‘shma loyihalar masalalarini ham muhokama qildi.

Bu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar uchun xalqaro maydonda raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish sari muhim qadam bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Novosibirsk davlat iqtisodiyot va boshqaruv universiteti (NGUEU) — Rossiyaning yirik ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyot, menejment, huquq, davlat boshqaruvi, xalqaro biznesva axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 12 mingdan ortiq talabaga zamonaviy ta’lim berib kelmoqda. Universitet 200 dan