Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun maxsus ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida professor-o‘qituvchilarga:
- Science ID tizimi (loyiha.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi
- Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali loyihalarga hujjat topshirish imkoniyatlari
- Raqamlashtirish jarayonining afzalliklari va ishni tizimli tashkil etish usullari
Ushbu platforma orqali olimlar va yosh tadqiqotchilar davlat dasturlari asosida loyihalar tanlovida hujjat topshirishni osonlashtirishlari mumkin.
Seminar maqsadi — qulaylik yaratish, shaffoflikni ta’minlash va ilmiy ishlar hamda loyihalarni tizimli tashkil etish.
Ilmiy salohiyatingizni rivojlantirish uchun imkoniyatlardan foydalaning!
