Bugun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan ta’lim muassasalari bitiruvchi yoshlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda hamkor tashkilotlar mas’ul rahbarlari yoshlarning taklif, tashabbus va muammolarini tingladi. Eng muhimi, bu fikrlar asosida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilgan muloqotda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti studiyasidan Surxondaryo viloyatdagi OTM bitiruvchilari ham faol ishtirok etib, taklif va g‘oyalarini bildirdi.Ushbu uchrashuv davlatimiz rahbarining 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.