Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Zakovat intellektual o’yini hamda Zakovat Quiz bo’yicha oliygoh talabalari o’rtasida bellashuv bahslari bo’lib o’tdi.
Qizg’in o’tgan ushbu bellashuvda jami 23 ta jamoalar ishtirok etib:
1-o’rinni «Gryffindor» jamoasi
2-o’rini «IELTS» jamoasi
3-o’rinni «Parlament» jamoasi qo’lga kiritishdi.
Tanlovda g‘olib bo’lgan jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
