TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga xususiy tashabbuskor “XOJIAKBAR SAMARQAND QURILISh” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (0,3 gektar) hududida 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;

 Loyiha konsepsiyasi;

Loyiha to‘g‘risida ma’lumot.

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e’longa qo‘yilgan kundan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
       Elektron pochta manzili: info@tdmau.uz
       Telefon raqami: 76 221-87-20
       Manzil: 190100, Termiz shahri Islom Karimov ko‘chasi 288-A uy

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
       Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz
       Telefon raqami: 71 203-32-23
       Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
       Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Shahodat.Navruzova@imv.uz
       Telefon raqami: 71 203-50-50 (01919)
       Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *