Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Sibir davlat geotizim va texnologiyalar universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda ilmiy izlanishlar, professor-o’qituvchilarning malaka almanishuvi shu bilan birgalikda informatsiya texnologiyalari, marksheyderlik, tog’ kon metalurgiya sanoati, geodeziya, kartografiya va kadastr, ekologiya, hayot faoliyati xavfsizligi va shu kabi yo’nalishlarda ilmiy-amaliy anjunmanlar o’tkazish to’g’risida kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar universitet yangi o’quv binosida tashkil etilgan «SURXON GEOLOGIYA muzeyi» robototexnika xonasi hamda oliygohda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.
