Bugun buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligi, oliy ta’lim muassasalari hamda viloyatdagi turli tashkilot jamoalari ishtirokida viloyat markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi.
Mazkur tadbirni viloyat hokimi U.Qosimov ochib berdi. Shundan so’ng Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi hamda ijodidan g’azallar o’qildi.
Shuningdek, bo’lib o’tgan ushbu tadbirda institut rektori O’.Axmedov boshchiligida jamoa ham faol ishtirok etib, haykal poyiga gulchambar qo’yishdi.
