Xalqaro hamkorlik aloqalarni yanada kuchaytirish va yaqindan hamkorlik qilish maqsadida Termiz muhandislik-texnologiya instituti Belarus milliy texnika universiteti qoshidagi “Politexnika” ilmiy-texnoparki” mas’ullari bilan fan taʼlimi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
Onlayn muloqot davomida institut rahbariyati hamda Belarus milliy texnika universiteti vakillari bilan quyidagi masalalar yuzasidan fikr alamashilindi.
- Professor-o‘qituvchilarning starijovka va amaliyotlarini tashkil qilish.
- maqola, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar ustida ishlash.
- “Politexnika” ilmiy-texnoparki” mavjud labarotoriyalardan birgalikda foydalanish.
- Xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
- O‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
- Qo‘shma konferentsiyalarni tashkil etish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.
- Zamonaviy laboratoriyalarni yaratish va treninglarni tashkil etish uchun uskunalarni tanlash.
Shuningdek, Belarus milliy texnika universiteti yetakchi professor olimlarini institut o‘quv jaroyanlariga jalb qilish borasida fikr va mulohazalar almashinildi.
Suhbat so‘ngida Belarus milliy texnika universiteti vakillariga institut rahbariyati tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish asosiy maqsadlarimizdan biri ekanligini takidlandi.
