«Ma’naviyat sektori» faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o’rganish ishlari Sherobod tumanida olib borildi
Surxondaryo viloyat hokimi U.Qosimov topshirig‘iga binoan joriy yilning 5-dekabr kuni Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari «Ma’naviyat sektori» faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Sherobod tumanida bo’lib, tuman hokimi hamda mas’ul shaxslar bilan mavzu yuzasidan suhbatlashishdi.
Suhbat davomida «Ma’naviyat sektori»ga mo’ljallanayotgan xona, uning moddiy texnik jihozlanishi, taʼminlash, sektor aʼzolari roʻyxatini shakllantirish, sektorning haftalik, oylik, yillik, ish rejalarini ishlab chiqish, tumandagi taʼlim muassasalari va boshqa tuzilmalarda sektorning boshlangʻich boʻgʻinini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, joylarga borib sektorning boshlangʻich boʻgʻinini tashkil qilish masalasi yuzasidan o’zaro fikr almashib, yuqoridagi vazifalar yuzasidan kelgusida bajariladigan ishlar boʻyicha kelishib olishdi.
