Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o’rinbosari K.Karimov institutga kelib, oliygohda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan vazir o’rinbosari talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, o’quv mashg’ulot xonalarida yaratilgan imkoniyatlar, institutning kapital ta’mirlanish holatlarini ko’zdan kechirdi.
Shu bilan birgalikda institut rahbariyatiga hamda mas’ul shaxslarga o’zining tegishli tavsiyalarini berib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
