Termiz muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari respublikamiz bo’ylab sayohat qilishmoqda
Prezident qaroriga binoan Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimizda 5 kun dam olish kuni etib belgilandi.
Talaba-yoshlar bo’sh vaqtlarini mazunli tashkil etish maqsadida dam olish vaqtida respublikamizdagi qadimiy ziyorotgohlar, obidalarga, shuningdek, madaniy-ko‘ngilochar joylarga tashrif buyurishmoqda.
Institut rahbariyati ta’til davrida ichki turizmni rivojlantirish doirasida vatanimizning boy tarixini va betakror tabiatini o‘zida gavdalantirgan joylarga sayohatlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
