Institutda o’tkazilgan kengaytirilgan yig’ilishda barcha professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori M.Majitov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va vazirlik tizim tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalari mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi.
