Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi bitiruvchi o’quvchilarning ona-tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi yozma ish (insho) bo’lib o’tdi.
Mazkur attestatsiya jarayonlariga institut rektori O’.Axmedov hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Z.Xudoyqulovlar borib, o’quvchilarga imtihonlarni a’lo baholarga topshirishlarini, shuningdek, oliy ta’limda ushbu fan yuzasidan qaysi ta’lim yo’nalishlariga topshirishlari mumkin ekanligi haqida tushunchalar berdi.
Ma’lumot o’rnida 2021/2022-o’quv yilida akademik litsey bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 92% ni tashkil qilgan. 2022/2023-o’quv yilida akademik litseyni aniq fanlar, tabiiy fanlar hamda xorijiy fanlar yo’nalishlaridan 130 nafar o’quvchi-yoshlar bitirmoqda.
