Bugun Termiz muhandislik-texnologiya institutiga O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengash raisi T.Poyonov hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi O’.Xolliyevlar kelishdi.
Mazkur tashrif davomida institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi hamda yoshlar Kengashi a’zolari bilan tanishib, ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar institutda yoshlar doirasida olib borilayotgan ishlar haqida suhbatlashishdi.
Shu bilan birgalikda buguni kunda yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda mamlakatimizda olib borilayotgan bunday siyosatning mazmun mohiyati haqida so’z yuritilib, Prezidentimiz aytganlaridek yoshlar ertangi kun egalari ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
