O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning topshirig’i bilan oliy ta’lim muassasalari rektorlariga imkoniyati cheklangan yoshlar biriktilganligidan xabaringiz bor.
Aynan shunday yoshlardan 50 nafari Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O’.Axmedovga ham biriktirilgan.
Joriy yilning 7-may kuni Denov tumanida yashovchi imkoniyati cheklangan 50 nafar yoshlarning holidan yana bir bor xabar olindi.
Shu bilan birgalikda xuddi shu kuni mazkur yoshlar o‘z yaqinlari, MFY yoshlar yetakchilari hamrohligida Denov tumanidagi Toshkent restoraniga taklif qilindi va ularga bayram dasturxoni yozildi.
Shundan so’ng institut rektori O’.Axmedov tomonidan yoshlarni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o’rganib chiqildi va biriktilgan O‘shor, Dashtichinor, Vodiy, Qovunlisoy, Istiqbol, Cho‘ntosh hamda Yangi kuch mahallalardagi tikuvchilik, to’quvchilik, pazandachilik va rassomchilikka qiziqishi bo’lgan bir qator yoshlarga 8 ta «Jukky» rusumli tikuv mashinasi, 2 ta «Odul» elektr pechlari, to’quvchilik va rassomchilik uchun maxsus jihozlar to’plamlari topshirildi.
Bayram dasturxoniga turli sabablarga ko’ra kela olmagan yoshlarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar olindi hamda mazkur yoshlar uchun mo’ljallangan sovg’alar egalariga topshirildi.
Shuningdek, qolgan yoshlarning ham qiziqishlari va imkoniyatlari atroflicha o’rganib chiqilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi.
