Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda o’rganish bo’yicha berilgan topshiriqlariga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedovga Denov tumanidan 50 nafar yoshlar biriktirilgan edi.
Xususan tibbiy muolajaga, ijtimoy ko’makka hamda ish o’rinlarini topishga muhtoj mazkur yoshlarning hayotda o’z o’rinlarini topishga ko’mak berish maqsadida ushbu 50 nafar yoshlar bilan ishlash hamda mavjud muammolarini o’rganish kabi masalalar institut rahbariyatiga videoselektor yig‘ilishda topshiriq qilib berilgan edi.
Shu munosabat bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini tushuntirish, ushbu yoshlarning muammolarini o’rganish maqsadida instituti rektori O‘.Axmedov hamda institutning mas’ul rahbar xodimlari joriy yilning 22-23-aprel kunlari Denov tumanining O‘shor, Dashtichinor, Vodiy, Qovunlisoy, Istiqbol, Cho‘ntosh va Yangi kuch mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, o’rganish ishlari olib borishdi.
Muammolarni o’rganish jarayonida mazkur yoshlarga bugungi kunda ularning davlatimiz rahbari e’tiborida ekanligi, mavjud muammolarini hal qilish bo’yicha yaqindan yordamlar berib borilishi haqida aytib o’tildi. Shu bilan birgalikda institut rahbariyati tomonidan Ramazon hayiti tuhfalari topshirildi va ular bilan muntazam aloqada bo’lib ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar berilishi haqida tushuntirildi.
