Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedov hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i J.Avazov Angor tumanida joylashgan “Hunarmandlar markazi”da bo‘lishdi.

Ushbu markazda hunarmand ustalar tomonidan yasalgan hunarmanchilik buyumlarini hamda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli xildagi mahsulotlar bilan tanishishdi.

Shuningdek, “Hunarmandlar markazi”da talaba-yoshlarning o‘quv jarayonlaridan bo‘sh vaqtlarda hunar sirlarini o‘rganish hamda ishlashlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan ham kelishib olindi.