Termiz muhandislik-texnologiya institutda yangilanayotgan Konstitutsiya qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Institut rahbariyati va barcha professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar ishtirok etgan ushbu tadbirda institut rektori O’. Axmedov va Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor M.Majidovlar yangilanayotgan qonun loyihasi bilan yig’ilganlarni tanishtirib o’tdilar.

Shuningdek, barcha professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar 30-aprelda o’tkazilishi rejalashtirilgan umumxalq referendumida faol ishtirok etishga targ’ib etildi.