Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O’.Axmedov 2022/2023-o’quv yili uchun yanvar oyida qabul qilingan institutning 1-bosqich magistrantlari bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda magistranlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shu bilan birgalikda rektor magistrantlarga:
✅ o’quv mashg’ulotlariga muntazam qatnashish hamda fanlarni yaxshi o’zlashtirish;
✅ ilmiy pedagogik ishlarini yo’lga qo’yish;
✅ ilmiy mavzuning dolzarblik darajasi hamda o’zlarini qiziqtirgan mavzu bo’lishi;
✅ shuningdek, ilmiy rahbar tanlashda ham e’tiborsiz bo’lmaslik kabi masalalarda o’z tavsiyalarini berdi.
