Institutda bo’lib o’tgan navbatdagi Kengash yig’ilishida institut rektori O’.Axmedov ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga falsafa doktori (PhD) diplomlarini topshirdi.
Shuningdek, institutning 2-bosqich talabasi Z.Nuraliyeva sportning taekwon-do (ITF) turi bo’yicha O’zbekiston chempionati musobaqasida massagi bahslarida 67 kg vazn toifasida birinchilikni qo’lga kiritganligi munosabati bilan rektor tomonidan e’tirof etildi hamda taqdirlandi.
Shundan so’ng kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i J.Avazov institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan olti oylik o’quv reja va dasturlarining bajarilishi yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shu bilan birgalikda institut kafedralarining 2023-yilda bajaradigan ilmiy va innovatsion ishlari bo’yicha yo’l xaritasini tasdiqlash yuzasidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.O’rozov loyihani taqdim etdi.
Kun tartibidan joy olgan navbatdagi masalalar yuzasidan Xalqaro bo’lim boshlig’i Sh.Chorshambiyev xorijiy OTMlarga institut talabalari hamda yosh xodimlarini almashinuv, magistratura, doktarantura dasturlariga jalb qilish, uzoq va qisqa muddatli akademik almashinuv hamda stajirovka dasturlarini yo’lga qo’yish va rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, kelgusida qilinishi belgilangan vazifalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Kengashning turli masalalar qismida institut professor-o’qituvchilar tomonidan chop etishga mo’ljallangan monografiyalar, o’quv qo’llanmalar hamda darsliklar Kengash a’zolari tomonidan tasdiqlanib maqullandi hamda chop etishga ruxsat berildi.
