Talaba holidan xabar olindi hamda bayram munosabati bilan tabriklandi.
Qumqo’rg’on tumani Do’stlik mahallasida istiqomat qiluvchi institutning Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi ta’lim yo‘nlishi 7a-20-guruh talabasi Xurramova Fazilat holidan yangi yil bayrami arafasida xabar olindi.
Sanoat texnologiyalari fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari J.Raxmankulov, institut xotin qizlar maslahat kengashi raisi B.Shukurova hamda O’zbek tili va dabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi N.Xudoyorovalar talaba F.Xurramova bilan suhbatlashib uni va butun oila a’zolarini institut rahbariyati nomidan yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab sovg’a-salomlar ulashdi.
