Joriy yilning 25-27-oktabr kunlari uchinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim xalqaro forumi Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Forumda ikki davlat tomonidan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar ma’sullari ishtirok etishdi.
Mazkur forumda institut rektori O‘.Axmedov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.Xudoyqulov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Urozovlar ishtirok etib, Rossiya federatsiyasining Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Novosibir davlat texnika universiteti hamda Janubiy Federal universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzolashdi.
Mazkur hamkorlik shartnomasi doirasida texnika, kimyo texnologiya, geologiya, muhandislik sohalarida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va akademik mobillikni tashkil etish, birgalikdagi tadqiqotlarda zamonaviy yuqori texnologiyali laboratoriyalar va texnoparklardan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo’yicha kelishib olindi.
