Institut rektori O‘.Axmedov boshchilligidagi bir guruh iqtidorli talabalar joriy yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan

“Mo‘ynoq aeroportining muntazam ishlashini ta‘minlash maqsadida turistlar mavsumi kamaygan vaqtda o‘quvchi-talabalar va korxonalar xodimlari tashriflarini tashkil etish haqida”gi topshirig‘i hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan “Ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida turistlar mavsumi kamaygan vaqtda Toshkent-Nukus-Mo‘ynoq” va “Mo‘ynoq-Nukus-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab talaba-yoshlarning sayohatlarini tashkil etish haqida”gi reja grafikda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Mo‘ynoq shahriga sayohat qilishdi. 

Sayohat davomida talaba-yoshlar Mo‘ynoq shahrining diqqatga sazovor bo’lgan joylar bilan tanishishdi hamda suvi chekingan Orol dengizi o‘rnida tashkil qilingan muzeyda bo‘lishdi.