Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:
-mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi (ilmiy, rasmiy, badiiy kriteriyalariga mos va mavzu dolzarbligiga ko‘ra);
-mavzuni yoritishda kreativ infografikalardan foydalanish darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarining aniq bildirilganligi;
-mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
-mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi va mentalitetimizga mos manbalarni yoritilganligi;
-mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi;
-mavzuning talaba-yoshlar hayoti bilan bog‘liqligi;
Taqdim etiladigan infografikalar soni 5 tagacha bo‘lishi mumkin.
Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 60 ball).
Tanlovda taqdim etiladigan infografikalar PowerPoint, PhotoShop, CorellDraw dasturlaridan foydalanishlari mumkin.
Yozma materiallarning 1-nusxasida talabalarning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatiladi. 2-nusxasida o‘qish joyi, fakultet, kursi va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi.
Mazkur tanlovning Respublika bosqichida g’olib bo’lganlar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin — 3 500 000 so‘m
2-o‘rin — 2 500 000 so‘m
3-o‘rin – 1 500 000 so‘m
Infografikalarni joriy yilning 18-oktabriga qadar +99890 522 49 49 telegramm raqamiga yuborilishi so‘raladi.
Qo’shimcha ma’lumotlar va murojaatlar uchun quyidagi raqamga bog’lanishingiz tavsiya etiladi.
+99876-221-94-76
