Termiz muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar yetakchisi saylandi
Joriy yilning 17-sentabr kuni institut Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchiligiga hisobot saylov bo’lib o’tdi.
Mazkur hisobot saylovida institut rektori O’.Axmedov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor M.Majitov, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi boshlang’ich tashkilotlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i A.Boyniyozov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahar kengashi raisi X.Bozorov hamda talabalar ishtirok etishdi.
Joriy yilning 16-sentabr kuni bo’lib o’tgan mazkur saylovda uchta nomzodlarga ovoz berildi.
Saylov yakuniga ko’ra quyidagi natijalar qayd etildi.
1. Ch.Xushboqov 302 nafar yoki umumiy saylovchilarning 16,4 %;
2. U.Bekmurodov 928 nafar yoki umumiy saylovchilarning 50,3 %;
3. D. Panjiyev 571 nafar yoki umumiy saylovchilarning 31,0 %;
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi nizomiga muvofiq, U.Bekmurodov , 50,3 %; ovoz to’plab, Termiz muhandislik-texnologiya instituti Yoshlar yetakchisi deb saylandi.
