Institutning “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi assistenti S.Mingyarashova Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar hamda o‘tkazilayotgan referendum haqida Sherobod tumani Dehqonariq MFYda joylashgan 21-umumta’lim maktabida “YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI — MENING KONSTITUTSIYAM” shiori ostida fuqarolar bilan suhbat olib bordi.     

 

📌 Targ‘ibotda mahalla mutassadilari bilan birga xonadonlarda xonadonbay, fuqarobay ishlash yo‘nalishida hozirda xalqimiz tomonidan keng muhokama qilinayotgan asosiy qonunimiz — Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilishi va o‘tkazilayotgan umumxalq muhokamasi  xususida targ‘ibot ishlari olib borildi.