KAFEDRASI MUDIRI:
Karimov Sherali Allaberdiyevich
Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +998 91 575-01-25
Telegram: +998 91 575-01-25
ZOOINJENERIYA, VETERINARIYA VA IPAKCHILIK KAFEDRASI HAQIDA MA’LUMOT
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot, o’rmonchilik va veterinariya fakulteti Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasida “Ipakchilik, tutchilik va innovatsion faoliyat” nomi bilan 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2019-yil sentabr oyida “Ipakchilik, tutchilik, mexanizatsiya va umumiy zootexniya kafedrasiga o’zgartirildi. 2021-yil 18-oktabrdagi № PQ-5269 sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining Ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida” gi 2021- yil 7 dekabrdagi № 279-sonli buyrug’iga ko’ra, hozirgi kunda Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi nomi bilan yuritiladi. 2024-yil 18-iyuldagi № PQ-265 sonl bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi va Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi deb yuritildi. Kafedrada 4 ta bakalavr va 1 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis kadrlar tayyorlanadi. Jami talabalar soni kunduzgi ta’lim shaklida 310 nafarni tashkil etadi.
Zooinjeneriya (turlari bo’yicha), veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo’yicha), veterinariya farmaseftikasi va ipakchilik va tutchilik ta’lim yo’nalishlari mavjud. Kafedra tarkibida bugungi kunda 21 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 6 nafari fan nomzodi dotsent) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.
ZOOINJENERIYA, VETERINARIYA VA IPAKCHILIK KAFEDRASI XODIMLARI HAQIDA MA’LUMOT:
Kafedra tarkibida bugungi kunda 21 nafar professor-o‘qituvchilar (shundan 6 nafari fan nomzodi dotsent) talabalarga tahsil berib kelishmoqda.
