KAFEDRA MUDIRI :

Eshquvvatov Ulug‘bek Abdulla o‘g‘li

🗓 Qabul vaqti: Xaftaning Payshanba kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha

☎️Telefon: +998994670387

📨 E-mail: eshkuvvatov.ulugbek@mail.ru

Telegram - Free social media icons Telegram: +998994670387

 “Yo‘l muhandisligi” kafedrasida 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 12 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 2 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar fan nomzodi (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

 

Kafedra tarixi: “Yo‘l muhandisligi” kafedrasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tashkil etilgan. O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti 29.06.2017 yildagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq tuzilmasi tasdiqlangan.

Tuzilmaga asosan “Qurilish va transport tizimlari” fakulteti  tarkibida  “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. 2019-yil “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi tarkibidan “Transport tizimlari va texnologik mashinalar” kafedrasi ajralib chiqqan, kafedra mudiri bo`lib Sh.Abdiqodirov tayinlangan. “Transport inshootlari va avtomobil yo’llari” kafedrasi 2020 yilda tashkil etildi. Transport inshootlari va avtomobil yo’llari kafedrasi mudiri etib  M.Karimov  tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 iyuldagi PQ-265-son “Termiz davlat muhandislik va Agrotexnologiyalar universitetini Tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori “Qurilish va irrigatsiya” fakulteti tashkil qilindi fakultet qoshidagi “Yo‘l muhandisligi” kafedrasiga U.Eshquvvatov kafedra mudiri etib tayinlandi.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

Yo‘l muhandisligi (Avtomobil yo‘llarini qurish)

Yo‘l muhandisligi (Avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi)

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat: Yo’l muhandisligiga kirish, Geotexnika muhandisligi, Avtomobil yo’li qurilish mashinalari va jihozlari muhandisligi, Yo’l qurilish konstruksiyalari va ularni loyihalash, Avtomobil yo’llarini qidiruvi va loyihalash, Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnologiyalari, Avtomobil yo’llarini qurish, Shahar yo’llari va ko’chalari, Avtomobil yo’llari va shaharsozlik me’yoriy hujjatlari, Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlar, Yo’llarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, Avtomobil yo’llarini arxitektura-landshaft loyihalash, Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya qilish, Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari, Avtomobil yo’llari diagnostikasi, Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, Avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligi 

 

Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Eshquvvatov Ulug‘bek Abdulla o‘g‘li Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

Hozirgi kunda kefedrada 1 ta o‘quv qo‘llanman chop etildi.

Ilmiy maqolalar:

2023/2024-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 30 ta, Xalqaro jurnallarda 20 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 15 ta guvohnoma olingan.