Xodimlar bo’limi

photo_2026-05-20_17-18-31

Kadrlar bo’limi boshlig‘i: Karimova Nilufar Musayevna 
🗓Qabul vaqti: Dushanba-juma soat 10:00-16:00 gacha
☎️ Telefon: +998 91 901 00 11
Telegram - Free social media icons Telegram: +998 91 901 00 11

KADRLAR BO’LIMI UMUMIY FAOLIYATI BO’YICHA QISQACHA MA’LUMOT:

       O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo‘riqnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga va yo‘riqnomalarga, TMTI xodimlar bo‘limi nizomi, reglamenti, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida ish olib boradi.

       Institut mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo‘riqnomalarga amal qiladi, o‘rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi.

       Xodimlar bo‘limining professor-o‘qituvchi, assistent va ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash inspektorlari bevosita xodimlar bo‘limi boshlig‘i topshirig‘i va ko‘rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi.

Belgilangan tartibda yo‘riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo‘lim boshlig‘i nazorat qiladi.

       Kadrlarni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

       Institut rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar, assistentlar, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga erishish va uni tatbiq etish uchun unumdor va samarali mehnat qilishni tashkil etadi.

        Institut shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.

Xodimlar masalasi bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishni yo‘lga qo‘yadi va tashkillashtiradi.

Professor-o‘qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo‘shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi.

Professor-o‘qituvchi va assistent xodimlarni talabalar, ish, o‘qish intizomini institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo choralarini qo‘llash yuzasidan dekan va kafedra mudirlari bilan kelishgan holda rahbariyatga taklif kiritadi.

Harbiy xizmatga majbur bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi o‘smirlarning hisobini tegishli bo‘lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.

Bakalavriyat, magistiratura va aspirantura bitiruvchilarini institutda ishga jalb etish uchun muloqotlar tashkillashtiradi.

Professor-o‘qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning shaxsiy ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.

Professor-o‘qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni o’z vaqtida muddatini uzaytirilishini nazorat qiladi.

Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarini va ilovalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq to‘ldirilishini nazorat etadi.

Mehnat daftarchalari va diplomlar hisobining yuritilishini nazorat qiladi.

Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi.

Kasallik varaqalarini shakllantiradi.

Institutdagi malaka toifasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib boradi.

Har oyda Termiz shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga kvotali joylar va vakant joylar (bo‘sh ish o‘rni) bo‘yicha ma’lumot beradi.

Kadrlar bo‘limining maqsadi va vazifalari

  1. Umumiy qoidalar
  2. Termiz muhandislik-texnologiya institutining Kadrlar boʻlimi yagona kadrlar siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlovchi mustaqil tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.

Kadrlar boʻlimi institut rektoriga boʻysunadi

  1. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga, yoʻriqnomalarga, shuningdek, institut Ustavi va Nizomiga, institut rektorining buyruqlari va farmoyishlariga tayanadi.
  2. Boʻlim oʻz faoliyatini tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi hal etilishi uchun javobgardir.

                   

Asosiy vazifalari

Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– kadrlar taʼminoti, institut xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar rezervini shakllantirish va tayyorlash;

– institut tuzilmasini va shtatini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

– xodimlar bilan ishlashda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;

– institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun normal shart-sharoit yaratish va jamoada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlab turish;

– kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlash va unifikatsiyalash, axborot-texnologik vositalarni qoʻllash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish.

 

                                         Boʻlimning funksiyalari

Boʻlim oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, institut xodimlari tanlanishi va joy-joyiga qoʻyilishini taʼminlash;

– institut boʻlimlaridagi kadrlar bilan bogʻliq vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilib borish, undagi oʻzgarishlarni prognozlash;

– xodimlarning amaliy va professional sifatlarini oʻrganish, ularning professional va lavozim pogʻonalarida oʻsishini rejalashtirish;

– boshqaruvning barcha darajalari uchun taʼsirchan kadrlar rezervini yaratish va uni aniq maqsadli tayyorlab borish; kadrlar rezervi rahbarlik lavozimlariga oʻtishga tayyorligini davriy ravishda baholash;

– xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish, attestatsiya yakunlarini tahlil qilish, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– institut xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlab, koʻrib chiqish uchun rahbariyatga taqdim etish;

– xodimlarning zarur malaka darajasini saqlab turish, kadrlarni oʻqitish hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va ularning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda rahbariyatga taqdim etish;

– institut uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilishini taʼminlash;

– ishga yangi qabul qilingan xodimlar umumiy va professional koʻnikishi borasidagi ishlarni olib borish, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, kadrlarni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

– moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning amaldagi chora-tadbirlari samaradorligini tahlil qilish, ular xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga taʼsirini kuchaytirish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar kiritish, ragʻbatlantirishning yangi turlarini ishlab chiqish;

– zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda kadrlarni boshqarish usullarini joriy etish;

– kadrlar shaxsiy tarkibining shaxsiy va statistik hisobini yuritish hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlash;

– xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy yigʻmajildlari, kartoteka va boshqa hisobga olish materiallarini yuritish hamda saqlash;

– kadrlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda institutning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga maslahatlar hamda metodik yordam berish;

– institut boʻlinmalarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tarbiyalash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

– institut boʻlinmalarining rahbarlari bilan birgalikda chet elga xizmat safarlariga yuborish uchun nomzodlarni tanlash va bu xodimlarni rasmiylashtirish, xizmat safariga yuboriladigan mutaxassislar hisobini yuritish;

– xodimlarning xizmat safarlari boʻyicha buyruqlar tayyorlash, xizmat safari guvohnomalarini rasmiylashtirish va berish;

– mehnat taʼtillaridan oʻz vaqtida foydalanilishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

– amaliy ishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlar, shuningdek yubilyarlarni davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan takdirlash hamda ular uchun ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllash yuzasidan materiallarni belgilangan tartibda tayyorlash;

– institut xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uchun qulay shart-sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– belgilangan tartibda kasallik varaqalarini rasmiylashtirish, xodimlarga pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash;

– institut boʻlinmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari boʻyicha koʻrib chiqish uchun takliflar tayyorlash;

– tasdiqlangan tartibga muvofiq, xodimlarga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi hamda berilishini tashkil etish;

– xodimlarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish;

– ishlayotgan xodimlarga va ishga kirayotgan shaxslarga maslahatlar berish, boʻlim vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan fuqarolarning xatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish.

Huquqlari

Kadrlar boʻlimi xodimlari boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish davomida kuyidagi hukuqlardan foydalanishlari mumkin:

– kadrlar bilan ishlash boʻyicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda institutning tarkibiy boʻlinmalaridan soʻrash va olish;

– institut boʻlinmalari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda kadrlar taʼminoti masalalari bilan bogʻliq meʼyoriy-huqukiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;

– qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini taʼminlamagan yoki ular buzilishiga yoʻl qoʻygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar berish;

– kadrlar bilan ishlash hamda institut tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda raxbariyatga takliflar kiritish;

– institut rahbariyati oʻtkazadigan yigʻilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

– boʻlim ishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun institutning boshqa tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislarini jalb etish (tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari bilan kelishgan holda).

Ishlarni tashkil etish

  1. Boʻlim oʻz ishini institut rahbariyati tasdiqlaydigan, istiqbol uchun ishlab chiqilgan hamda joriy rejalar asosida tashkil etadi.
  2. Boʻlimga institut rektori tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi. Boʻlim boshligʻi oʻz oʻrinbosariga ega boʻladi.

Boʻlim boshligʻi

     – Boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish ishlari puxta tashkil etilishini taʼminlaydi;

      – Boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, shuningdek boʻlimda olib borilayotgan ishlarning sir saqlanishini taʼminlashiga shaxsan javob beradi;

      – Institut xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari bilan kelishilgan takliflar kiritadi;

      – Institutning tarkibiy boʻlinmalari nomiga yuboriladigan, rahbariyat qarorlarini talab qilmaydigan xatlarni imzolaydi.

      – Boʻlim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi boʻlim boshligʻi tomonidan, boʻlim zimmasidagi vazifalardan kelib chiqqan xolda, institut rahbariyati tomonidan  tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida xizmatchilar lavozimlari malaka talabi va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanadi.

      – Boʻlimning tuzilishi va shtatlari soni belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

      – Boʻlim oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga ega.

Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:

Kadrlar ta’minoti, institut xodimlarini tayyorlash, qayta  tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

Rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun kadrlar zaxirasini shakillantirish va tayyorlash;

Institut tuzilishi va shtatini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

Xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;

Institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun normal shart-sharoit yaratish va jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlab turish;

Xodimlar ishiga oid yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlash va unifikatsiyalash, axborot-texnologik vositalarni qo‘llash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarin