O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik kafedrasi

KAFEDRA MUDIRI:

D.N.Kadirova

🗓 Qabul vaqti: Xaftaning barcha ish kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

☎️Telefon: +998 99 586-09-65

📨E-mail :kadirova.d1965@mail.ru

Telegram - Free social media icons Telegram: +998 99 586-09-65

“O‘rmonchilik dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik” kafedrasining asosiy shtatida

7-nafar professor-o‘qituvchilar hamda 1-nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 2-nafar dotsent, 1-nafar ilmiy darajali assistent-, 2-nafar katta o‘qituvchi, 2-nafar assistent-o‘qituvchilar hamda 1-nafar kabinet mudiri.

Ichki o‘rindosh 4 nafar 2 ta dotsent professor-o‘qituvchilar 1 ta q.x.f.f.d PhD katta o‘qituvchi 1 ta stajyor o‘qtuvchi  nafar- professor

Tashqi o‘rindosh 4 nafar 2 ta professor 1 ta assistent stajyor-o‘qtuvchi

                                               KAFEDRA HAQIDA

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2017-yil 20-apreldagi  PQ-2909-sonli qarori 6-bandi (Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialini tashkil qilish) ga muvofiq “O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash” nomi bilan, 2017-yilda tashkil etilgan.  2021-yil 18-oktyabrda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora –tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5269-sonli qaroriga muvofiq,  kafedra nomi “O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik” nomi bilan qayta nomlandi. 2024-yil 18-iyulda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora –tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-265-sonli qaroriga muvofiq,  kafedra nomi “O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik” nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda.

“O‘rmonchilik dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik“ kafedrasi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3101-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etilishi barobarida ochilgan.

2021-yil 18-oktyabrda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora –tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5269-sonli qaroriga muvofiq,  kafedra nomi “O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik” nomi bilan qayta nomlandi.

2024-yil 18-iyulda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora –tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-265-sonli qaroriga muvofiq,  kafedra nomi “O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik” nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

60820100–O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish.

60820200 — Manzarali bog‘dorchilik va ko’kalamzorlashtirish

60812100 – Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi.

Magistratura:

70811101- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

70820101-O‘rmonchilik

Tayanch daktarantura-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnalogiyasi

Tayanch daktorantura O‘rmonchilik

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

1.     O‘rmonchilik, Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish,

2.      O‘rmondan qo‘shimcha foydalanish,

3.       Madaniy o‘rmonlar, O‘rmon meleoratsiyasi, O‘rmondan foydalanish va yog‘ochshunoslik, O‘rmon yong‘inlari, Muhofaza. etiladigan tabiiy hududlar, Landshaft taksatsiyasi, Bog‘-park qurilishi va loyihalashtirish, Manzarali daraxtlarni ko‘paytirish, Vertikal ko‘kalamzorlashtirish,

Avtomabil yo‘lllarini ko‘kalamzorlashtirish, Gulchilik va gazon barpo etish, Dendrologiya, Dorivor o‘simlikliklar flora va sistematikasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi, O‘zbekistonni istiqbolli dorivor o‘simliklari, Xalq tabobati dorivor o‘simliklari, Dorivor o‘simliklarni urug‘chiligi ko‘chatchiligi, Dorivor o‘simliklar reproduktiv strategiyasi, O‘rmon taksatsiyasi va o‘rmon tuzish, Ovshunoslik, O‘rmon huquqi, Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi, Farmokopiya dorivor o‘simliklari, Dorivor o‘simliklar fitokimyosi, Dorivor o‘simliklarga qo‘yiladigan xalqaro talablar, Topiar sanati, Landshaft dizayn, Kompozitsiya asoslari, Kavrak yetishtirish texnologiyasi, Dorilar texnologiyasi, Tabiiy dorivor o‘simliklar, Dorivor o‘simliklar xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasi, Fitopreparatlar texnologiyasi, O‘rmon yerlarining gidrotexnik  meleoratsiyasi, Lalmikor yerlarda o‘rmon barpo etish, Dorivor o‘simliklar yetishtirish asoslari, Dorivor o‘simliklar resursshunosligi, O‘rmon seleksiyasi, O‘rmon dorivor o‘simliklari, Interer o‘simliklar.

Magistratura: Maxsus fanlarni  o‘qitish metodikasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirishda ilmiy tadqiqot uslublari, Dorivor o‘simliklar introduksiyasi akklimizatsiyasi, Dorivor o‘simliklar urug‘larini yetishtirishda innovatsion texnologiyalar, Ziravor va xushbo‘y  o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi,  Dorivor o‘simliklarni ko‘chatlarini yetishtirishda  innovatsion texnologiyalar.

Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan 06.01.07–“Mevachilik va uzumchilik” ixtisosligi bo‘yicha, “Bargi to‘kiladigan Аnоr (Punica grаnаtum L.) doim yashil zaytun (Оlеа еurораеа L.) ni subtropik sharoitda ko‘chatlarini innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish” mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori  (DSc), 06.03.01 — Oʻrmon ekinlari. Seleksiya, urugʻchilik va shaharlarni koʻkalamzorlashtirish. Oʻrmonlar agromelioratsiyasi va himoya oʻrmonlarini barpo etish ixtisosligi bo‘yicha mustaqil-izlanuvchi (PhD) Egamberdiyev Murodjon Xolmirzayevichning “Surxondaryo viloyatida shamol eroziyasidan himoyalovchi ihotazorlarni barpo etish texnologiyasi”, , Fayzullayev O‘tkir Aminqulovning “O‘zbekistonning janubidagi mintaqasi sharoitida Eldor qarag‘ayining biologik xususiyatlari va ko‘chatini yetishtirish texnologiyasi”  mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 06.03.03 – “Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil-tadqiqotchilari (PhD) Jo‘rayeva Vazira Tuychiyevnaning “Dorivor lavanda (Lavandula officinalis L.) istiqbolli turini yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishni samaradorligi (Surxondaryo viloyati sharoitida)”,

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar: 1

Hozirgi kungacha kafedrada 10 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya,  5 ta  chop etildi.DGU 14 ta[A1] 

Ilmiy maqolalar:

2025/2026-o‘quv yilida kafedrada jami Xorijiy va Respublika miqyosidagi tezizlari jurnallarida 47 ta, Xalqaro jurnallarda 2 ta, shundan 4 ta Scopusda maqola chop etildi.Jalb etiladigan xorijiy investitsiya miqdori 14.200 $ ni tashkil etadi.

Xo‘jalik shartnoma 35000 million o‘tkazilgan