Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi

KAFEDRA MUDIRI :

Xakimov Kamol Jo‘rayivech

🗓 Qabul vaqti: Xaftaning Juma kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha

☎️  Telefon: +998905172557

📨  E-mail: kamol.xakimov.89@mail.ru

Download Telegram Logo in SVG Vector or PNG File Format - Logo.wineTelegram: +998905172557

“Neft-gaz va konchilik ishi” kafedrasining asosiy shtatida  15-nafar professor-o‘qituvchilar hamda 2-nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 1-nafar dotsent,  5-nafar katta o‘qituvchi, 7-nafar assistent-o‘qituvchilar hamda 1-nafar kabinet mudiri va 1-nafar laborant mavjud.

KAFEDRA HAQIDA

“Neft-gaz va konchilik ishi” kafedrasi (ilgari «Umumkasbiy fanlar» kafedrasi deb nomlangan) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3101-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etilishi barobarida ochilgan.

“Neft-gaz va konchilik ishi” kafedrasi 2022-yil sentyabr oyidan boshlab “Umumkasbiy fanlar” kafedrasidan ajralib chiqib alohida kafedra sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutlarini qo‘shib yuborish orqali ularning  negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etish to‘g‘risida 18.07.2024 yildagi Prezidentning PQ-265-sonli qarori bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.

“Neft-gaz va konchilik ishi” kafedrasi neft-gaz, konchilik hamda geologiya sohalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN YO‘NALISHLAR

Bakalavriat:

60721501-Konchilik ishi

60722000-Marksheyderlik ishi

60721900-Konchilik elektr mexanikasi

60721600-Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

 

Magistratura: 70720801-Foydali qazilma konlarini qazish.

 

Kafedrada kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida jami 1000 ortiq talabalar tahsil olmoqda. Jumladan:

  • Kunduzgi ta’limda – 432 nafardan ortiq;
  • Sirtqi ta’limda – 724 nafarga yaqin talabalar tahsil oladi.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: Kon mashinalarining elektr jihozlari, Yer fizikasi va amaliy geofizika, Marksheyderlik chizmachilik va kompyuter grafikasi, Ko‘mir konlarini qazish jarayonlari, Foydali qazilmalarni boyitish, Umumiy va yer osti gidravlikasi, Yer osti konchilik ishlari jarayonlari, Marksheyderiya, Xatolar nazariyasi va tenglash xisoblari, Marksheyderlik ishi, Quduqlarda geofizik tadqiqotlar, Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash, Neft va gaz qatlam fizikasi, Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi, Neft va gaz konlari geologiyasi, Neft va gaz konlari mashina va jixozlari, Neft va gaz ishi asoslari, Korroziyadan ximoya qilish, Ximmatologiya, Kristallografiya va mineralogiya, Kon geometriyasi, Konchilik mashinalari va komplekslari, Burg‘ilash va portlatish ishlari, Konchilikda fizik jarayonlar, Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari, Rudalarni qayta ishlashga tayyorlash, Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash, Petrografiya, Konchilik ishi asoslari, Kon ishlari asoslari  va ishlab chiqarish texnologiyalari, Geologiya va gidrogeologiya, Raqamli fotogrammetriya, Ortofotoplanlar tuzish nazariyasi, Kartashunoslik, Kartografik chizmachilik va kompyuter grafikasi, Umumiy va tarixiy geologiya, Umumiy geologiya, Konchilik elektromexanikasi asoslari, Neft va gaz geologiyasi, Konlarda neft, gaz, suvni yig‘ish, tayyorlash va uzatish, Neft va gaz konlarini ishlatishning geologik-geofizik asoslari, Gazni yer ostida saqlash,  Kon mashinalari, Geotexnologiya, Konchilik korxonalarini loyihalash, Kon lahmlarini o‘tish texnologiyasi.

Ilmiy salohiyat — PhD, DSc doktorlik dissertatsiyasi himoyasi:

 Kafedrada 2026-yilda Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘li tomonidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa fanlar doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Hozirgi kunda kafedra mudiri  dotsent Xakimov Kamol Jurayevich tomonidan DSc, Soatov Bekzod Shokir o‘g‘li, Xolmuxammadiyev Abduxoliq Mahammadi o‘g‘li, Muhammadiyev Elbek Mirza o‘g‘li, Botirov Shoxbos Soyibjon o‘g‘li, Abdisoatov Sardor Zulfiqor o‘g‘li, Yormatov Dostonbek Ashurmamat o‘g‘li hamda Abdiraimov Jahongir Baxtiyor o‘g‘li tomonidan PhD  ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasilari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari:

Polimetall rudalarni boyitish texnologiyalarini takomillashtirish, Konchilik korxonalarida qazib olish texnologiyalarini rivojlantirish, Neft va gaz konlarini ishlatish hamda energiya samaradorligi, Konchilik elektr mexanikasi va avtomatlashtirish, Foydali qazilma konlari geologiyasi va qidiruv ishlari, Marksheyderlik va geodezik tadqiqotlar olib borish.

Kafedraning 2024/2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlari:

O‘quv-uslubiy ishlari:

2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan 4-ta darslik, 4-ta o‘quv qo‘llanma, 8-ta monografiya chop etildi.

Ilmiy-innovatsion ishlari:

2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda 4-ta Scopus maqola, Xalqaro xorijiy va OAK ro‘yxatidagi jurnallarda  42-ta OAK maqola,  Respublika konferensiyalardagi jurnallarda   tezislar  105-ta tezis maqolalar chop etildi. Bundan tashqari kafedra-professor o‘qituvchilari tomonidan  axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va bazalar uchun  18-ta DGU guvohnomalari olingan.

“Neft-gaz va konchilik ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Abduraimov Jahongir, Abdisoatov Sardor va Botirov Shaxboslar “Akademik harakatchanlik” dasturining 2025-yilgi g‘oliblari bo‘ldi.

HAMKORLIK FAOLIYATI HAQIDA

         Kafedramiz Respublikamizning bir qancha nufuzli korxonalari bilan amaliyot shartnomalar imzolangan. Xususan “OKMK” AJ, “Sharg‘unko‘mir” AJ, “Sherabod sement zavodi” MCHJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlarda talabalarimiz ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini o‘tab kelmoqda.

         Bitiruvchi kurslarni ish bilan ta’minlash maqsadida yuqorida nomi keltirilgan korxonalarining yetakchi mutaxassislari jalb qilinib, bitiruvchi kurs talabalari bilan suhbat olib borildi. Suhbat natijasiga ko‘ra universitet va korxonalar o‘rtasida bitiruvchi kurs talabalarini ishga olish to‘g‘risida 100 ga yaqin shartnomalar tuzuldi. Xususan “Sharg‘unko‘mir” AJ bilan universitet o‘rtasida 50 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib hozirgi kunda talabalarimiz korxonaning turli sohalarida ish faoliyatini olib bormoqda.

Kafedra talabalarini olgan nazariy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida ekskursiyalar hamda yozgi amaliyotlariga reja asosida olib boriladi.

 

2025-2026 o‘quv yilda kafedrada “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishida jami 13 nafar, “Konchilik elektr mexanikasi” ta’lim yo‘nalishida jami 10 nafar, “Marksheyderlik ishi” ta’lim yo‘nalishida jami 21 nafar, Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi ta’lim yo‘nalishida jami 23 nafar bitiruvchi kurs talabalar tahsil olib kelmoqda. Bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida kafedrada bir qancha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarni ish bilan ta’minlash 100 % ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

 

Kafedradaning asosiy shtatidagi

professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari tarkibi.

 №

F.I.Sh

Lavozimi

1.      

Xakimov Kamol Jo‘rayevich

t.f.f.d., dotsent kafedra mudiri

2.      

Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘li

t.f.f.d., katta-o‘qituvchi

3.      

Ergashov Akrom Xolmo‘minovich

katta-o‘qituvchi

4.      

Botirov Shoxbos Soyibjon o‘g‘li

katta-o‘qituvchi

5.      

Ziyayev Fozil Choriyorovich

katta-o‘qituvchi

6.      

Eshnazarov Mustafo Shaymardonovich

katta-o‘qituvchi

7.      

Soatov Bekzod Shokir o‘g‘li

assistent-o‘qituvchi

8.      

Muhammadiyev Elbek Mirza o‘g‘li

assistent-o‘qituvchi

9.      

Abdisoatov Sardor Zulfiqor o‘g‘li

assistent-o‘qituvchi

10.            

Xolmuxammadiyev Abduxoliq Mahammadi o‘g‘li

assistent-o‘qituvchi