Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi
Kafedra mudiri
Qarshiyev Olim Nomozovich
Qabul vaqti: Har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +998 91-236-28-18
📨E-mail: olimqarshiyev77@gmail.com
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasining asosiy shtatidaa 15-nafar professor-o‘qituvchilar hamda 2-nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 1-nafar professor, 2-nafar dotsent, 2-nafar v.b. dotsent, 1-nafar ilmiy darajali katta o‘qituvchi, 4-nafar katta o‘qituvchi, 5-nafar assistent-o‘qituvchilar hamda 1-nafar kabinet mudiri va 1-nafar laborant mavjud.
KAFEDRA HAQIDA
“Muhandislik va kompyuter grafikasi”kafedrasi (ilgari «Umumkasbiy fanlar» kafedrasi deb nomlangan) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3101-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etilishi barobarida ochilgan.
Kafedrada 2018-2021-yillarda katta-o‘qituvchi J.Avazov, p.f.n N.Atoyev, katta-o‘qituvchi A.Odinayevlar mudirlik qildilar. Kafedraning tuzilishi va rivojlanishida katta-o‘qituvchi Avazov Jo‘rabek Donayevich katta hissa qo‘shgan. 2017-2020 yillarda kafedra tarkibidan Muhandislik ishi ta’lim sohasida 4-ta ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilingan, keyinchalik kafedra tarkibidan “Transport tizimlari va texnologik mashinalar”, “Transport inshootlari va avtomobil yo‘llari” kafedralari ajralib chiqqan. Kafedraga 2021-2023 yillar oralig‘ida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Allanazarov Akmal Abdulxaqovich rahbarlik qilgan. 2022-yilda O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 3-dekabrda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-30-son qaroriga asosan yangi tuzilmada “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi negizida “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi yangidan tashkil etilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutlarini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etish to‘g‘risida 18.07.2024 yildagi Prezidentning PQ-265-sonli qarori bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
2024-yilning sentabrdan 2025-yil 3-yanvargacha dotsent Avazov Jo‘rabek Donayevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.
Kafedraga 2025-yilning 3-yanvaridan hozirgacha t.f.f.d., (PhD). Qarshiyev Olim Namozovich kafedra mudiri lavozimidan faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Muhandislik va ishlab ishlov berish va qurilish bilim sohasidagi barcha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga:
- Muhandislik grafikasi
- Muhandislik va kompyuter grafikasi;
- Chizma geometriya va muhandislik grafikasi;
- Mexanika (NM.MQ.MMN.MD);
- Amaliy mexanika;
- Texnik mexanika;
- Nazariy mexanika va materiallar qarshiligi;
- Mashina detallari va loyixalash asoslari;
- Materiallar qarshiligi va mashina detallari 1,2;
- Nazariy mexanika va mashina mexanizmlari nazariyasi;
- Materialshunoslik;
- Konstruksion materiallar texnologiyasi;
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud emas.
PhD, DSc doktorlik dissertatsiyasi himoyasi:
Kafedrada 2024-yilda Jo‘rayev Davron Amir o‘g‘li, Shoimqulov Asror Abdunabiyevich, Qarshiyev Olim Namozovich hamda 2025-yilda Namozov Jasur Namozovichlar tomonidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa fanlar doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Hozzirgi kunda kafedra dotsentlari Avazov Jo‘rabek Donayevich hamda Allanazarov Akmal Abdulxaqovichlar tomonidan DSc ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasilari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda hamda kafedra mudiri v.b.dotsent Qarshiyev Olim Namozovich va v.b.dotsent Jo‘rayev Davron Amir o‘g‘lilari tomonidan dotsentlik ilmiy unvonini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:
Universitetda malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun ta’lim jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalardan, ilm, fan, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, shuningdek muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish.
Kafedraning 2024/2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlari:
O‘quv-uslubiy ishlari:
2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan 3-ta darslik, 4-ta o‘quv qo‘llanma, 5-ta monografiya hamda10-ta uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024/2025 o‘quv yilida TOP-300 talik reytingga kirgan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalarining namunaviy fan dasturlari hamda ishchi o‘quv dasturlari asosida kafedra qoshidagi fanlarning 15-ta fan dasturlari va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqilib amalda qo‘llanildi
Ilmiy-innovatsion ishlari:
2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda 8-ta Scopus maqola, Xalqaro xorijiy jurnallarda 20-ta xorijiy maqola, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 42-ta OAK maqola, Respublika konferensiyalardagi jurnallarda tezislar 101-ta tezis maqolalar chop etildi. Bundan tashqari kafedra-professor o‘qituvchilari 2-ta patent olindi hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va bazalar uchun 13-ta DGU guvohnomalari olingan. 2024/2025-o‘quv yilida kafedra mudiri Qarshiyev Olim Namozovich tomonidan Qozog‘iston davlatiga stajirovka uyushtirildi.
Kafedradaning asosiy shtatidagi
professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari tarkibi.
№ | F.I.Sh | Lavozimi |
1 | Qarshiyev Olim Namozovich | t.f.f.d., (PhD), v.b.dotsent kafedra mudiri |
2 | Qalandarov Ro‘zimurod Qurbonovich | t.f.n., professor |
3 | Avazov Jo‘rabek Donayevich | p.f.f.d., (PhD), dotsent |
4 | Allanazarov Akmal Abdulxaqovich | t.f.f.d., (PhD), dotsent |
5 | Jo‘rayev Davron Amir o‘g‘li | t.f.f.d., (PhD), v.b.dotsent |
6 | Namozov Jasur Shokulovich | t.f.f.d., (PhD), katta-o‘qituvchi |
7 | Odinayev Akmal Ko‘charovich | katta-o‘qituvchi |
8 | Xusanov O‘ral Sattarovich | katta-o‘qituvchi |
9 | Ismaylov Haliq Shadmanovich | katta-o‘qituvchi |
10 | Shamayev Yigitali Jumayevich | katta-o‘qituvchi |
11 | Muhammadiyev Elyor To‘lqinovich | assistent-o‘qituvchi |
12 | Xurramov Ro‘ziboy Jo‘ra o‘g‘li | assistent-o‘qituvchi |
13 | Jo‘rayev Qurbonali Chori o‘g‘li | assistent-o‘qituvchi |
14 | Abdiraxmanov Sardor Normuhammadovich | assistent-o‘qituvchi |
15 | Rasulova Aziza Komilovna | assistent-o‘qituvchi |
16 | Rajabov Oybek Norqul o‘g‘li | xodim |
