Metrologiya va texnalogik mashinalar kafedrasi
KAFEDRA MUDIRI:
Urakov Nuriddin Abramatovich
Qabul vaqti: Xaftaning barcha ish kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha
Telefon: +998 90-187-20-55
📨 E-mail: u_nuriddin88@mail.ru
Telegram: +998 90-187-20-55
Metrologiya va texnik tizimlarni avtomatlashtirish kafedrasida 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 21 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 4 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 10 nafar fan nomzodi shundan 4 ta dotsent, 8 ta katta o‘qituvchi, 12 nafar assistent va 1ta stajyor o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
KAFEDRA HAQIDA
“Metrologiya va texnik tizimlarni avtomatlashtirish” kafedrasi (ilgari «Umumkasbiy fanlar», «Transport vositalari va texnologik mashinalar» va «Metrologiya va texnologik mashinaqlar» kafedrasi deb nomlari bilan nomlangan) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3101-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etilishi barobarida ochilgan.
Kafedrada 2018-2021-yillarda katta-o‘qituvchi J.Avazov, p.f.n N.Atoyev, PhD Sh.Abdiqodirov, t.f.n. dotsent Baxramov Faxriddin Huziriddinovich Kafedraning tuzilishi va rivojlanishida t.f.n. dotsent Baxramov Faxriddin Huziriddinovich katta hissa qo‘shgan. 2021-2024 yillarda kafedra tarkibidan Metrologiya va texnologik mashina va jihozlar ta’lim sohasida 3-ta ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilingan, keyinchalik kafedra tarkibidan “Transport vositalari muhandisligi va logistika”, kafedralari ajralib chiqqan. 2022-yilda O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 3-dekabrda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-30-son qaroriga asosan yangi tuzilmada “Transpot vositalari va texnologik mashinalar ” kafedrasi negizida «Metrologiya va texnologik mashinaqlar» kafedrasi yangidan tashkil etilgan .
2021-yilning sentabrdan 2024-yil sentabrgacha t.f.n. dotsent Baxramov Faxriddin Huziriddinovich «Metrologiya va texnologik mashinaqlar» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutlarini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etish to‘g‘risida 18.07.2024 yildagi Prezidentning PQ-265-sonli qarori bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar uni versiteti rektorining buyrug’iga asosan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Kengashining 2026-yil 2l-fevraldagi 6-son yig’ilishi 168-K-son qaroriga asosan Mexanika va konchilik ishi fakulteti tarkibidagi «Metrologiya va texnologik mashinaiar» hamda «Avtomatlashtirish va boshqarish» kafedralari negizida «Metrologiya va texnik tizimlarni avtomatlashtirish» kafedrasi tashkil etildi.
2024-yilning sentabrdan 2026-yil hozirgi vaqtgacha PhD., dotsent Urakov Nuriddin Abramatovich kafedra mudiri lavozimidan faoliyat yuritib kelmoqda .
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat: Metrologiya asoslari, Standartlashtirish asoslari, Mahsulot sifat nazorati, O‘lchov asboblarini konstruksiyalash, Mahsulot sifati va sifatni boshqarishning statistik usullari, O‘lchov qurilma elementlari, O‘lchov usullari va vositalari, O‘zaroalmashuvchanlik, standartlashtirish, texnikaviy o‘lchamlar va sertifikatlashtirish, Metrologiya, standartlashtirish va o‘zaroalmashuvchanlik, Metrologiya va standartlashtirish, Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati, Payvandlashning asosiy uslublari, Payvand konstruktsiyalarini loyihalash, Mashinasozlik texnologiya asoslari, Metal kesish dastgohi, Texnologik mashinalar va jihozlarni ta’mirlash, Eritib paybandlash texnologiyasi va jihozlari, Bosim ostida payvandlash, Metallarning qayta ishlashning zamonaviy usullari, Payvand konstruktsiyalarini ishlab chiqarish, Payvandlash sifat nazorati, Payvandlash jarayonlarining nazariyasi, Metall va nometall materiallarga gaz alangasida ishlov berish, Payvand yoyini ta’minlovchi manbalar, Payvandlash materiallari, Payvandlash robotlari, Mashinasozlik texnologik vositalari, Mashinasozlik texnologik vositalar Mashinalarni ishlab chiqarish asoslari, Tarmoq mashinalarini ta’mirlash, Mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari, Texnologik mashinalar diagnostikasi, Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash.
Avtomatika TJCHAB, informatika, pabota texnika 2026-2027 o‘quv yilidan suniy intelekt ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
PhD, DSc doktorlik dissertatsiyasi himoyasi:
Kafedraning professor-o‘qituvchilaridan Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Urug‘lik chigitni saralash va tozalash uskunasining ishchi qismlari konstruksiyasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishini muvofaqiyatli himoya qildi, Turdiyev Baxtiyor Ergashovichning 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Chigit shikastlanishini kamaytirish maqsadida elevator uchun ishchi organ ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi, t.f.f.d. Berdimuratov Umid Tagaymuratovichga 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy ishi dissertasiyasini bajarish uchun “Paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalagich ishchi organlarini konstruksiyasini takomillashtirish, parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslari” mavzusida falsafa doktorlik (t.f.d.) dissertatsiyasiga ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda,
Abduxoliqov Alisher Uktam o‘g‘lining 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Paxta xomashyosidan og‘ir aralashmalarni ushlab qoluvchi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan qurilmani ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy ishi Karabayev Ibragim Turayevich 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Paxta tozalash uskunalarida qoziqli baraban qoziqlarini ritmli joylashtirish asosida vibrasion ta’sirni shakllantiruvchi konstruksiyani ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy ishi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasiga ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda, Kulmuminov Olimjon Xurramovich 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha «Sifatli xom ipak ishlab chiqarishda pilla tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (PhD), Saparov Shuxratjon Shavkatovich 05.07. 01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnika fanlari bo‘yicha “O‘simlik qoldiqlari mavjud tuproqqa ishlov beradigan takomillashgan freza parametrlari va ish rejimini asoslash” mavzusida falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasiga ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda, Abdimajidov Farrux Abdilamitovichning 13.00.02 “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Texnika oliy ta’lim muassasalarida Metrologiya va standartlashtirish fanini o‘qitish metodikasini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusida falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasiga ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda, Rustamova Kamola To‘ychi qizining 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha “Dastlabki qayta ishlashda jun tolasining mexanik shikastlanishini kamaytirish usullarini tadqiq qilish” mavzusida falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasiga ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda,
Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:
Universitetda malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun ta’lim jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalardan, ilm, fan, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish, shuningdek muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish.
Kafedraning 2024/2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlari:
O‘quv-uslubiy ishlari:
2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan 3-ta darslik, 4-ta o‘quv qo‘llanma, 5-ta monografiya hamda10-ta uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024/2025 o‘quv yilida TOP-300 talik reytingga kirgan xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalarining namunaviy fan dasturlari hamda ishchi o‘quv dasturlari asosida kafedra qoshidagi fanlarning 10-ta fan dasturlari va ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqilib amalda qo‘llanildi
Ilmiy-innovatsion ishlari:
2024/2025-o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda 4-ta Scopus maqola, Xalqaro xorijiy jurnallarda 15-ta xorijiy maqola, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 10-ta OAK maqola, Respublika konferensiyalardagi jurnallarda tezislar 101-ta tezis maqolalar chop etildi. Bundan tashqari kafedra-professor o‘qituvchilari 2-ta patent olindi hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va bazalar uchun 15-ta DGU guvohnomalari olingan. 2024/2025-o‘quv yilida kafedra mudiri tomonidan Qozog‘iston davlatiga stajirovka uyushtirildi.
Kafedradaning asosiy shtatidagi
professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari tarkibi.
№ | F.I.Sh | Lavozimi |
1 | Urakov Nuriddin Abramatovich | Kaf.mudiri |
2 | Baxramov Faxridin Xuzriddinovich | t.f.n., dotsent |
3 | Babamuratov Qudirat Xayetovich | t.f.n., dotsent |
4 | Berdimurodov Umid Tagaymuradovich | PhD., dotsent |
5 | Jo’rayev Abdurasul Choriyevich | PhD., Katta o‘qituvchi |
6 | Davlatova Sayyora Toshpo’latovna | PhD., Katta o‘qituvchi |
7 | Erdonov Abdurahmon Muzaffarovich | PhD., Katta o‘qituvchi |
8 | Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li | PhD., Katta o‘qituvchi |
9 | Turdiyev Baxtiyor Ergashovich | PhD., Assistent |
10 | Karabayev Ibragim Turdiyevich | Katta o‘qituvchi |
11 | Abdullaeva Saodat Mengboyevna | Katta o‘qituvchi |
12 | Kulmuminov Olimjon Xurramovich | Katta o‘qituvchi |
13 | Abdullayev Jo’ra Xudoyorovich | Assistent |
14 | Turdiyev Abdurasul Xalilovich | Assistent |
15 | Abdimajidov Farrux Abdilamitovich | Assistent |
16 | Abduxalikov Alisher O’ktam O’g’li | Assistent |
17 | Mengatova Xurshida Toshmuxammedova | Assistent |
18 | Esonov Xusniddin Mamarasul O’g’li | Assistent |
19 | Murodova Nigora Nurmuhamat qizi | Assistent |
20 | Rustamova Kamola Tо‘ychi qizi | Assistent |
21 | Muqumov Salim Muxammadinovich | Stajor o‘qituvchi |
| ||
Texnik xodimlar | ||
| Saparov Shuxratjon Shavkatovich | Kabinet mudiri |
| Nurmamatova Zubayda Nazarovna | Laborant |
| Mamadaliyev Nazar ortiqovich | Ishlab chiqarish ta’limi ustasi |
| Mamatov Jamshidbek Abdullayvich | Laborant |
| Annayev Kamron | Laborant |
| Kurbanova Maksuda | Laborant |
Ichki o’rindoshlik asosida | ||
1 | Urakov Nuriddin Abramatovich | Kaf.mudiri PhD., dotsent |
2 | Babamuratov Qudirat Xayetovich | t.f.n., dotsent |
3 | Berdimurodov Umid Tagaymuradovich | PhD., dotsent |
4 | Jo’rayev Abdurasul Choriyevich | PhD., Katta o‘qituvchi |
5 | Davlatova Sayyora Toshpo’latovna | PhD., Katta o‘qituvchi |
6 | Erdonov Abdurahmon Muzaffarovich | PhD., Katta o‘qituvchi |
7 | Abdixamidov Nurbek Ural o‘g‘li | PhD., Katta o‘qituvchi |
8 | Turdiyev Baxtiyor Ergashovich | PhD., Assistent |
9 | Karabayev Ibragim Turdiyevich | Katta o‘qituvchi |
10 | Mengatova Xurshida Toshmuxammedova | Assistent |
11 | Esonov Xusniddin Mamarasul O’g’li | Assistent |
12 | Jo’raev Davron Amir o‘g‘li | PhD., Katta o‘qituvchi |
13 | Raximov Rashid Xaydarovich | PhD., Assistent |
14 | Saparov Shuxratjon Shavkatovich | Assistent |
15 | Chorshanbiyev Alibek Bekxanovich | Assistent |
Tashqi o’rindoshlik asosida | ||
1 | Boykulov Ural Turdiyevich | Assistent |
