Termiz muhandislik-texnologiya institutining Sirtqi bo’lim boshlig’i

Raximov Rashid Haydarovich

Telefon: 90-520-41-61

Email: rrashid@mail.ru

                                                                                                  SIRTQI BO‘LIM HAQIDA

Termiz muhandislik-texnologiya institutining sirtqi bo’limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil   21- noyabrdagi 930-sonli “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga binoan TDTU TF tarkibida 2020-2021 o‘quv yilidan “Sirtqi bo‘lim” nomi bilan tashkil etilgan. Bo‘limda talabalar quyidagi yo’nalishlar bo’yucha tahsil olishadi:

  1. Elektr energetikasi (sohalar va faoliyat turlari bo’yicha)
  2. Transport vositalari muhandisligi (avtomobil vositalariga xizmat ko’rsatish)
  3. Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari
  4. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo,neftkimyo va oziq-ovqat sanoati)
  5. Kimyoviy texnologiya (sohalar va faoliyat turlari bo’yicha)
  6. Oziq-ovqat texnologiyasi ( don maxsulotlari)
  7. Yo’l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo’yicha)
  8. Yer usti transport tizimlari va ularning ekspulatatsiyasi
  9. Elektr energetikasi (sohalar va faoliyat turlari bo’yicha)
  10. Avtomobil yo’llari va aerodromlar

Sirtqi ta’limda o‘qish muddati 5 yil.

Sirtqi ta’lim talabasi uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida (odatda, noyabr oyida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 6 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi. O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi. Sirtqi ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, 2-oliy ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan esa texnikumlar bitiruvchilari qabul qilina boshlandi.