photo_2026-05-21_15-39-51

YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI BOSHLIG‘I

Xayrullayev Ibodullo Sunnatullayevich

🗓 Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)

☎️  Telefon: +998 (76) 221-94-76

📨  E-mail:  ibodullo.xayrullayev_istedod@mail.ru

Telegram - Free social media icons Telegram: +99890 522 49 49

Bo‘limning maqsadi:

  • talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash;
  • psixo-estetik dunyoqarashni kengaytirish;
  • fikrlashni takomillashtirish;
  • yoshlarni dunyoqarashiga salbiy ta’sir etuvchi turli “ommaviy madaniyat” xurujlaridan asrash;
  • yoshlarni vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
  • talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
  • talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
  • talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
  • talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
  • talaba-yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
  • talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
  • manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.

 

Bo‘lim vazifalari:

  • universitetda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish;
  • talabalarda ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy-huquqiy, ezgu fazilatlarni shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni yanada mustahkamlash maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, madaniy tadbirlarni tashkil etish.
  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat va shahar bo‘limlari hamda hamkor jamoat tashkilotlari bilan ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish;
  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
  • talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
  • talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
  • universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
  • diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba-yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
  • yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;
  • yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
  • yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
  • talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko’maklashish ishlarini tizimli tashkil etish.