MAGISTRATURA BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Misirov Zafar Xolmuminovich
🗓 Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)
☎️ Telefon: +998 88 177-86-27
📨 E-mail: zafarmisirov1986@gmail.com
Telegram: +998 88 177 86 27
Bo‘limning maqsadi:
Bo‘limning maqsadi oliy ta’lim muassasasida Kadrlar tayyorlash milliy modeli vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislik bo‘yicha kasbiy, pedogogik, ilmiy, huquqiy va psixologik bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida mas’uliyatini to‘la anglaydigan yuqori malakali magistrlar-mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishdan iborat.
Bo‘limning vazifalari:
magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
magistratura faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakli va mexanizmlarini modernizasiya qilish;
magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, bu ishga yetuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;
magistratura talabalari tomonidan o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
kafedralarning magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash ishlarini muntazam ravshda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish, ularni rag‘batlantirish tizimlarini ishlab chiqish;
magistratura axborot ta’minoti tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish;
respublikadagi va xorijiy ilg‘or muassasalardagi sheriklar bilan birgalikda ilmiy – ta’limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;
mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, aniqlash, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
magistrlar tayyorlash sohasi bo‘yicha talab va takliflarni o‘rganishni tashkil etish, ta’lim xizmatlari va kasbiy mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash hamda magisgrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish;
byudjet asosida ta’lim olayotgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘grisida axborotlar bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish:
magistrlar tayyorlash jarayoni ishtirokchi-hamkorlari qiziqishlari aks etgan taklif va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
xalqaro, davlatlararo, respublikadagi va hududiy tuzilmalar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish va amalga oshirish.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti magistratura mutaxassisliklari
Kimyoviy texnologiya
Atrof-muhit muhofazasi
To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi
Yer usti transport vositalari va tizimlari
