KAFEDRA MUDIRI :
Xodjamkulov Sahomiddin Zoirovich
🗓 Qabul vaqti: Dushanba-Juma 14:00 dan 16:00 gacha
☎️ Telefon: +998915769787
📨 E-mail: saxomiddinxodjamkulov@gmail.com.
Telegram: +998915769787
Kimyoviy texnologiya kafedrasida 26 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 15 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 11 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar fan doktori, dotsent, 3 nafar fan nomzodi dotsent, 2 nafari t.f.f.d (PhD) katta o‘qituvchilar, 4 nafar katta o‘qituvchilar va 16 nafar assistentlar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedra tarixi: Kafedra o‘zining faoliyatini Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi nomi bilan 2018-yil sentabr oyidan boshladi. Kimyoviy texnologiya kafedrasi 2021-yilning sentabr oyidan boshlab Kimyoviy va oziq-ovqat kafedrasidan ajralib chiqib alohida kafedra sifatida faoliyat yurutmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar:
Bakalavriat:
Kimyoviy texnologiya
Kimyoviy texnologiya kamyob, tarqoq va nodir metallar
Magistratura:
Kimyoviy texnologiya
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat: Umumiy va noorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizikaviy va kolloid kimyo, umumiy kimyoviy texnologiya, kolloid kimyo, mineralogiya va kristallografiya va kristallokimyo asoslari, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, materialshunoslik, kamyob va nodir metallar rudalarini boyitish, kamyob va nodir metallar kimyosi va texnologiyasi, gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi, kamyob va nodir metallar ishlab chiqarish korxonalarining jihozlari va loyihalash asoslari, kukunli metallurgiyasi, pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi, elektrometallurgiya, noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, nodir metallar texnologiyasi, kamyob metallar texnologiyasi, selikatlar umumiy texnologiyasi, selikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari, selikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik-kimyosi, fizik kimyoviy tahlil usullari, selikat materiallar ishlab chiqarishda uskuna va jihozlar, shisha va sitall materiallar texnologiyasi, gips ishlab chiqarish texnologiyasi, chinni va fayans buyumlar texnologiyasi, bo’g’lovchi moddalar texnologiyasi, g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasi.
Magistratura: Ilmiy faoliyat asoslari, Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, sintez gaz ishlab chiqarish texnologiyasi, noorganik mahsulotlarni nazorat qilishda zamonaviy fizik-kimyoviy usullar, bog‘langan azot ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik xisoblari, noorganik tuzlar tarkib va xossalar tahlili, noorganik moddalar ishlab chiqarish nazariyasi va innovatsion texnologiyalari, sodali maxsulotlar ishlab chiqarish nazariyasi va innovatsion texnologiyalari, mineral o‘g‘itlar va stimulyatorlar ishlab chiqarish ilmiy asoslari va texnologiyasi, noorganik moddalar ishlab chiqarish energotexnologiyalari, kaliyli xom ashyolarni boyitishda innovatsion texnologiyalar.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedraning professor o‘qituvchilaridan S.Z.Xodjamkulov 02.0013-noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan ekstraksion fosfat kislotasini tozalab, ftorli tuzlar va ftorsizlantirilgan fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish” mavzusida, M.A. Shaymardonova 02.0013 -noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida monokalsiy va monokaliyfosfat ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” mavzusida, N.B.Choriyeva 02.0014 -organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Tarkibida oltingugurt va fosfor bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqda.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
Hozirgi kunda kefedrada 3 ta o‘quv qo‘llanman, 1 ta darslik va 1 ta monografiya chop etildi.
Ilmiy maqolalar:
2022/2023 o ‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 14 ta, Xalqaro jurnallarda 22 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 5 ta guvohnoma olingan.
