photo_2026-05-21_15-53-02

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari  bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

Samatov Rustam  Mahmudovich

🗓 Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari soat 9:00 dan 12:00 gacha

☎️   Telefon: +998884557111

📨  E-mail:  rustam.samatov.71@mail.ru 

Telegram:  +998884557111

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

O‘z faoliyati yuzasidan universitetning rektoriga hisob beradi.

Bo’limning vazifalari va funksiyalari:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, majlis bayonlari (tashriflar davomida) bayonlarida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
  • universitet buyruqlarining tarkibiy bo’linmalar, tasarrufidagi tashkilotlar, fakultetlar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish;
  • O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6166-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko’rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-5132-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida»gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, universitetning tarkibiy bo’linmalari tomonidan murojaatlar o’z vaqtida va zarur tarzda ko’rib chiqilishini doimiy nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Bo’limning huquq va majburiyatlari:

  • universitetning tarkibiy bo’limlari bilan hamkorlikda ish yuritadi;
  • Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan materiallar hamda ma’lumotlarni universitetning tarkibiy bo’limlaridan belgilangan tartibda oladi;
  • Joylarda ijro intizomini maqsadli o’rganish uchun belgilangan tartibda Ishchi guruhlarni shakllantirishda universitetning tarkibiy bo’linmalari xodimlarini jalb etadi;
  • universitetning tarkibiy bo’limlarida ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko’rish yuzasidan iuniversitet rahbariyatiga takliflar kiritadi;
  • Iuniversitetning tarkibiy bo’limlarida ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag’ishlangan o’quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etadi;
  • Vakolati doirasida tegishli masalalarni puxta ishlab chiqish uchun universitetning vakillarini belgilangan tartibda jalb qiladi, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etadi;
  • O’z vakolati doirasida ijro etilishi shart bo’lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlashga tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
  • Boshqa masalalar bo’yicha universitetning tarkibiy bo’limlari bilan birgalikda harakat qiladi;
  • Bo’lim amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid bo’lmagan boshqa huquqlarga ega.