Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
Chorshanbiyev Sharafiddin Ibrohim o‘g‘li Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)
Telefon: +998 (99) 829-83-94
E-mail: Sharafiddinchorshabiev@gmail.com
Telegram: +998 99 829 83 94
Bo‘limning vazifalari:
- Universitetining intellektual mulkini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida va xorijda intellektual mulk obyektlarini patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalar tayyorlash, rasmiylashtirish;
- belgilangan tartibda universiteti professor-o‘qituvchilari, o‘quv yordamchi va ishlab chiqarish xodimlari, doktorantlar, talabalar, shuningdek, universiteti tomonidan buyurtmachilarga taqdim etiluvchi, byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriluvchi ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
- amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan shartnomalarni tayyorlash, tuzish va ularni amalga oshirilishini nazorat qilish;
- boshqa bo‘linmalar bilan birga universitetining intellektual mulk obyektlariga huquqlarni o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish, universitetining intellektual mulk obyektlariga huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ishlarni bajarish;
- axborotni to‘plash, saqlash va universiteti ma’lumotlar bazasiga oliy ta’lim muassasalari ishlanmalari va ilmiy-tadqiqot faoliyati (ITF) natijalari haqidagi ma’lumotlarni kiritish, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- ITF va innovatsion loyihalar natijalarining ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion imkoniyatini baholash, tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish;
- intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shu jumladan, innovatsion davrning barcha bosqichlarida ITF natijalari bo‘yicha huquqlarni hisobga olish, taqsimlash va o‘tkazish;
- raqobatbardosh fan-texnika mahsulotlarini yaratish va ilgari surish, xususan, Innovatsion jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarflanishini ta’minlash, universitetining ilmiy jamoalarini qo‘llab-quvvatlash;
- texnologiyalarni uzatish, innovatsion loyihalar uchun biznes-rejalar tayyorlash, raqobatbardosh ustunlik va xatarlarni baholash, ITF natijalarining huquqiy muhofazasi, salohiyatli investorlarni izlash bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, pudrat ishlarini bajarish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va intellektual mulk masalalari bo‘yicha universiteti tomonidan tuzilgan boshqa bitimlar bo‘yicha shartnomalar tayyorlash, ularni nazorat qilish;
- universitetining intellektual mulkidan noto‘g‘ri foydalanish faktlarini aniqlash va ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarliklarning oldini olish hamda zararni qoplash bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish, ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur choralarni amalga oshirish;
- universitetining intellektual mulk obyektlari, mulkiy huquqlarini, shuningdek, mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish;
- universiteti xodimlari – intellektual mulk obyektlarining mualliflariga ularning mulkiy va nomulkiy huquqlari, jumladan, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan huquq va imtiyozlarni amalga oshirishda huquqiy maslahatlar berish;
- universiteti xodimlari o‘rtasida intellektual mulk sohasida ta’limni tashkil etish;
- universiteti axborot-resurs markazining o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha normativ, metodologik va patent axborotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- ixtirochilik va patentni litsenziyalash faoliyati bo‘limlari bo‘yicha universiteti byudjeti loyihasi, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash uchun takliflar tayyorlash;
- universitetining intellektual mulk obyektlarini yaratish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish.
