Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri
Xoliyarov To‘lqinjon Chorshanbiyevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00dan 17:00 gacha
Telefon:+99899 676-81-85
E—mail: txoliyarov@mail.ru
Telegram: +99899 676-81-85
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida 29 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 14 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 9 nafari esa ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 6 nafar fan nomzodi (PhD), 3 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedra tarixi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etildi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi 2017-yilda Qurilish va transport tizimlari fakulteti tarkibida tashkil qilindi. Kafedraga 2017-2018-yillarda O‘.J.Esonov, 2018-2019-yillarda Sh.Y.Alimov, 2019-2020-yillarda Sh.Rahmatovalar kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2020-yil 3-martdan kafedra tarkibidan ingliz tili, rus tili va o‘zbek tili adabiyoti fanlari ajralib chiqib, alohida kafedra tashkil etildi. Mazkur sanadan Termiz muhandislik-taxnologiya instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasiga L.Q.Eryigitova kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yil 14-avgustdan 2024-yil 4-sentabrga qadar Xoliyarov To‘lqinjon Chorshanbiyevich kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2024-yil 4-sentabrdan hozirgacha Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasiga Xoliyarov To‘lqinjon Chorshanbiyevich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat: O‘zbekistonning eng yangi tarixi, falsafa, dinshunoslik, jismoniy tarbiya va sport, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyas, muhandislik psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi fanlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.
Magistratura: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat fanlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.
Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:
— Oila va jamiyat munosabatlarining falsafiy tahlili;
— O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi;
— Sharq falsafasi tarixi;
Monografiya: Kafedra professor-o‘qituvchilaridan X.Xudayberdiyev 2 ta monografiya (1. Ma’naviyat, axloqiy qadriyat va islom, 14 bosma taboq. 2. O‘zbek milliy mafkurasininig taraqqiyot bosqichlari. 13,75 bosma taboq), T.Xoliyarov 1 ta monografiya (Shimoliy Baqtriyaning tarixiy geografiyasi, 8,75 bosma taboq) va M.Majitov 1 ta monografiya (Postmodern jamiyatda inson shaxsi transformatsiyasining ijtimoiy falsafiy tahlili) nashr etdi.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
Hozirgi kunda kafedrada 1 ta darslik (M.Majitov. Dinshunoslik, 16 bosma taboq) 1 ta o‘quv qo‘llanma (N.Begamova. O‘zbekistonning eng yangi tarixi) va 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma (M.Majitov. Dinshunoslik fanidan buddaviylik dini mavzusini interfaol metodlar asosida o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, 8,1 bosma taboq) chop etildi.
Ilmiy maqolalar:
2023/2024-o‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 12 ta, Xalqaro jurnallarda 35 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 5 ta guvohnoma olingan.
