Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.
Fuqaro
mudofaasi va mehnat muhofazasi bo’limi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
tarkibidagi alohida bo’lim hisoblanadi.
—
Mehnat xavfsizligi standartlari, mehnat muhofazasiga oid ilmiy ishlanmalarni
joriy qilish ishida ishtirok etish;
—
muhandis-texniklar va xizmatchilar bilimini, mehnat muhofazasi bo’yicha qoida,
me’yor va yo’riqnomalarni tekshiruvchi shahodatlov komissiyasi ishida
qatnashishini tashkil etish;
—
mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqlarni ishlab chiqish va qayta ko’rib chiqishda
uslubiy yordam ko’rsatish, shuningdek ishlovchilarni xavfsiz ishlashga o’qitish
uchun dasturlarini tuzishda ishtirok etish;
—
o’quv jarayonidagi va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda
qatnashish;
—
universitetdagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasallanishning ahvoli va sabablarini
tahlil qiladi, universitetning tegishli xizmati bilan birgalikda baxtsiz
hodisalar va kasbiy kasallanishlarning oldini olish bo’yicha tadbirlar ishlab
chiqib, shuningdek, belgilangan tadbirlarni joriy etish;
—
o’quv jarayonini va ishlovchilar mehnatini o’tkazishning sog’lom va xavfsiz
sharoitini yaratish bo’yicha universitet bo’linmalarida tadbirlarni amalga
oshirish;
— universitet bo’linmalarida mehnat muhofazasi
bo’yicha qoida, me’yor va yo’riqnomalar talablarini bajarish;
— mehnat muhofazasi
bo’yicha ishlovchilarni o’qitish, bilimlarni tekshirish;
— maxsus kiyimlar,
poyafzallar va boshqa shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanishni tashkil
etish;
— zararli sharoitlardagi
ishlarda band bo’lgan shaxslarga imtiyozlar berishning belgilangan tartibiga
rioya qilinishni nazorat qilish;
— davlat nazorati idoralari,
mehnat texnika nazorati, muassasa nazorat idoralari ko’rsatmalarining
universitetning tarkibiy bo’linmalar ma’muriyati va rahbarlari tomonidan
bajarilishni nazorat qilish;
— sanitar-texnik mehnat
shart sharoitlarini pasportlashtirish ishlarida qatnashadi va strukturalar
bo’linmalarini o’qitishni tashkil qilish;
— mehnat xavfsizligi va
mehnat muhofazasi bo’yicha ilmiy qayta ishlash standartlarini tatbiq etish
ishlarida ishtirok etish;
— kasaba uyushmasi va
universitetning tegishli xizmatlari bilan birgalikda tekshirishlar o’tkazib,
binolarning texnik holati, jihozlanishi, mehnat muhofazasi me’yorlari va
qoidalariga mos keladigan asbob-uskunalar, ventilyasion tizimning samarali
ishlashi, sanitar-texnik holati, o’quvchilar va xodimlarning jamoa va
individual himoya vositalarining tekshiruvlarini o’tkazish;
— xodimlar
bo’limi bilan birgalikda universitetning yong’in-posbon soqchiligiga
xodimlarini tanlash;
— tasdiqlangan
xaritaga muvofiq universiteti xonalari va hududini kecha-yu kunduz
qo’riqlanishini tashkillashtirish;
— o’t o’chirish
va yong’inga qarshi ishlatiladigan vositalar hamda anjomlar bilan ta’minlanishi
va ular soz holda saqlanishini doimiy kuzatib borish;
— o’t o’chirish
anjomlarining o’z vaqtida profilaktik ta’mirlanishini va yaroqsizlarini
yaroqlilari bilan almashtirilishini tashkil etish;
— universitetda yong’in
chiqqanda, tungi vaqtda begona shaxslar ushlangan hollarda navbatchi posbonlar
qanday harakat qilishlari kerakligi xususida ularga yo’l-yo’riq berish;
— posbonlar bilan
tarbiyaviy ishlar olib borish.
