Energetika kafedrasi
KAFEDRA MUDIRI :
Omonov Faxriddin Berdiyor o‘g‘li
Qabul vaqti: Payshanba, Juma kuni 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon: +99891 586 88 55
Telegram: +99891 586 88 55
“Energetika ” kafedrasining asosiy shtatida 17-nafar professor-o‘qituvchilar hamda 3-nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 3-nafar dotsent, 4-nafar katta o‘qituvchi, 6 -nafar assistent-o‘qituvchilar hamda 1-nafar kabinet mudiri va 2-nafar laborant mavjud.
KAFEDRA HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qaroriga asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etildi. Filialda “Elektr energetika” kafedrasi 2020-yil sentabr oyidan boshlab “Umumkasbiy fanlar” kafedrasidan ajralib chiqib, alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshlagan.
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Bobomurodov Qudrat Hayitovich kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. Kafedrada Elektr energetika (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha), Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (mashinasozlik), Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish va avtomatlashtirish kabi ta’lim yo‘nalishlarida talabalarga quyidagi tarkibdagi professor-o‘qituvchilar tomonidan sifatli ta’lim tarbiya berilgan:
- Bobomurodov Qudrat Hayitovich – kafedra mudiri;
- Nosirov Faxriddin Jaylovovich– dotsent, texnika fanlari nomzodi;
- Xushboqov Bahtiyor Xudoymurodovich – texnika fanlari nomzodi;
- Shaymanov Maham Raimovich – assistent;
- Xaliyorov Panji A’zamovich – assistent;
- Muratova Nigora Nurmuhammad qizi – assistent;
- Ko‘charov Farrux Ajbbor o‘g‘li – assistent;
- Saynazov Jasur Xolmirza o‘g‘li – assistent;
- Jo‘rayev Abdurasul Choriyevich– assistent;
- Qoraboyev Ibragim Turdiyevich – assistent;
- Safarov Davron Isayevich– assistent;
- Omonov Faxriddin Berdiyor o‘g‘li – assistent;
- Xudoynazarov Salimjon Xushboqovich – assistent;
Ushbu o‘qituvchilar tomonidan kafedraga tegishli fanlardan talabalarga sifatli ta’lim tarbiya berilgan. O‘sha yillarda kafedradaning ilmiy salohiyati 23,5 % tashkil etgan. Kafedra tashkil etilgan dastlabki o‘quv yili yakunlari bo‘yicha jami 33 ta ilmiy maqola va tezislar xalqaro bazalarda indekslangan ilmiy jurnallar hamda respublika miqyosidagi konferensiyalarda chop etilgan.
Ushbu filial keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
3-dekabrdagi “Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-30-son qarori bilan Termiz muhandislik-texnologiya institutiga aylantirildi. Institut tuzilmasi tasdqilangach, 2022-yil sentabr oyidan kafedra nomi “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” nomiga o‘zgartirildi. Shu bilan birgalikda, kafedra mudiri etib Omonov Faxriddin Berdiyor o‘g‘li tayinlandi. Kafedradagi ta’lim yo‘nalishlari 1 taga qisqarib, “Elektr energetika” va “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi hamda kunduzgi ta’lim shakllari bo‘yicha talabalarga bilim berilgan.
2022/2023 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha kafedrada Scopus bazasida indekslangan jurnallarda jami 4 ta maqola, Xalqaro jurnallarda 15 ta maqola, OAK tasarrufidagi ilmiy nashrlarda 9 ta maqola, Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda 70 ta tezis, xo‘jalik shartnomalar hisobidan tushirilgan moddiy mablag‘lar miqdori 11 million so‘mni tashkil etgan holda ilmiy salohiyat 23 % ni tashkil etgan.
Kafedrada 57 nomdagi fanlardan dars mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchilar tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan. Shu bilan birgalikda, kafedraga xorijiy va respublikadagi tayanch OTM dan 9 nafar professor-o‘qituvchi jalb etilib ta’lim sifatini hamda talabalarni sohaning eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-265-son qarori institut faoliyati Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga aylantirildi. Tuzilmaga o‘zgartirish kiritilishi natijasida kafedra qayta nomlanib, “Energetika” kafedrasi deb yuritila boshlandi.
Bugungi kunda “Energetika” kafedrasida quyidagi 60710400-Energetika muhandisligi, 60710500-Elektr muhandisligi, 60712100-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi bakalavriat hamda 70710407-Elektr ta’minoti magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi va kechgi ta’lim shaklidagi talabalarga yetakchi o‘qituvchilar bilan ta’lim tarbiya berib kelinmoqda.
Kafedraga 2024-yilning 4-sentabrdan hozirgacha t.f.f.d., (PhD). Omonov Fahriddin Berdiyor o`g`li kafedra mudiri lavozimidan faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
- Andozaviy texnik majmualarning AEY lari
- Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallashtirish
- Elektr energiya hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari
- Elektr energiyaning sifat ko’rsatkichlari
- Elektr energiyasi iste’moli hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari
- Elektr izolyatsiyasi va kabel texnikasi
- Elektr mashinalari
- Elektr mashinalari va elektr yuritma asoslari
- Elektr mashinalarini ekspluatatsiyasi, ta’mirlash va sinash
- Elektr mexanik tizimlarni AEY lari
- Elektr mexanik tizimlarni boshqarish
- Elektr mexanik tizimlarni va komplekslarni boshqarish
- Elektr mexanika asoslari
- Elektr mexanikasi
- Elektr qurilmalarini sozlash
- Elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari
- Elektr ta’minot asoslari
- Elektr ta’minoti
- Elektr ta’minoti tizimning montaji va ishlatish
- Elektr ta’minotining intellektual tizimlari
- Elektr tarmoqlari va tizimlari
- Elektr tarmoqlarida dinamik jarayonlar
- Elektr texnologik qurilmalar
- Elektr texnologik qurilmalarini loyihalash va ekspluatatsiyalash
- Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash
- Elektr xavfsizligi asoslari
- Elektr xavfsizligi va ishonchliligi
- Elektr yoritish
- Elektr yuritma asoslari
- Elektrotexnik materiallar
- Elektrotexnika va elektronika
- Elektrotexnika va elektronika asoslari
- Elektrotexnika va raqamlashtirish asoslari
- Energetik audit usullari va jihozlari
- Energetik obyekt qurilmalari
- Energetika masalalarini EHM da modellashtirish
- Energetikada EHM ni qo’llash
- Energetikaning matematik masalalari
- Energiya tejamkorlik asoslari
- Energomenejment
- Issiqlik elektr qurilmalari
- Issiqlik texnikasi va gidroenergetika
- Konchilik korxonalarida elektr xavfsizligi
- Muqobil energiya manbalari
- Nazariy elektrotexnika
- Noan’anaviy energiya manbalari
- O’ta kuchlanish va izolyatsiya
- O’tkinchi jarayonlar
- Qayta tiklanuvchan energiya manbalari
- Raqamli energetika
- Releli himoya
- Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti
- Shahar elektr ta’minoti
- Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi
- Umumsanoat mexanizmlarining AEYlari
- Yo’nalishga kirish
- Yoritish texnikasi
- Yuqori kuchlanish texnikasi
- Yuqori kuchlanish va katta toklar muhandisligi
Kafedra quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
Energetika muhandisligi
Elektr muhandisligi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
PhD, DSc doktorlik dissertatsiyasi himoyasi:
2019–2025-yillar davomida “Energetika” kafedrasi bazasida 300 dan ortiq elektr energetika sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlangan. Mazkur bitiruvchilar bugungi kunda Respublika bo‘ylab yetakchi korxona va tashkilotlarda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha samarali mehnat faoliyatini olib borishmoqda. Kafedrada hozirgi kunda asosiy shtatda 18 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayoniga jalb etilgan. Shu bilan birgalikda, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalaridan tashqi o‘rindoshlik asosida o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlariga jalb etilgan.
O‘tgan yillar davomida kafedrada 1 nafar o‘qituvchi texnika fanlari bo‘yicha PhD darajasi olgan. Shu bilan birgalikda, bugungi kunda 4 nafar professor-o‘qituvchi tayanch doktaranturada tegishli ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olib kelmoqda. Kafedrada faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar ilmiy yo‘nalishlarini tanlab olib izlanishlar olib borishmoqda. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar boshchiligida kafedra faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilib, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, texnik vositalar va axborot texnologiyalari bilan boyitib kelinmoqda.
Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:
Kafedra jamoasi2024-yilda kafedra qoshida “POWER UP TSEAU” MCHJ tashkil etilib, tijoratlashtirish orqali moliyalashtiriladigan mablag‘lar ko‘rsatkichining oshishiga erishildi. Mazkur korxona faoliyati “Spin off” tarzida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish imkoniyatlari kengaymoqda.
2022-yildan boshlab kafedrada “Elektr ta’minoti” magistratura mutaxassisligi tashkil etilgan. Hozirda 8 nafar magistrantlar zamonaviy energetika tizimlari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallab kelmoqda.
Bugungi kunda kafedra tarkibida 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan:
· 3 nafar dotsent,
· 6 nafar katta o‘qituvchi,
· 8 nafar assistent.
Kafedra jamoasi “Energetika muhandisligi”, “Elektr muhandisligi”, “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Elektr ta’minoti” mutaxassisliklari bo‘yicha 59 nomdagi fanlardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlariga (DTS) muvofiq dars mashg‘ulotlarini tashkil etib kelmoqda.
Kafedraning 2024/2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlari:
O‘quv-uslubiy ishlari:
“Energetika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ilmiy, ta’limiy hamda ijtimoiy sohalarda yuksak natijalarga erishib, universitet nufuzini yurtimiz va xalqaro miqyosda munosib namoyon etib kelmoqdalar.
O‘tgan o‘quv yillarida kafedra jamoasi quyidagi muhim yutuqlarga erishdi:
“Energetika” ta’lim yo‘nalishi talabasi Abduraxmonov Aziz Mahmud o‘g‘li o‘zining a’lo o‘qish ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati va jamoatchilik ishlaridagi faol ishtiroki bilan “Beruniy” nomli stipendiya sohibi bo‘ldi. Bu yutuq kafedra talabalarining bilim darajasi, ijodiy salohiyati va intellektual faolligini ifodalaydi.
