KAFEDRA MUDIRI :

Ochildiyev Otabek Shodiyevich

🗓 Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba va Juma kuni 10:00 dan 12:00 gacha

☎️  Telefon: +998974486090

📨  E-mail:  otabek_ochildiev@tdmau.uz

Telegram: +998974486090

Ekologiya va hayot faoldiyati xavfsizligi kafedrasida 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 6 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda 6 nafari esa o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilardan 2 nafari PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosidagi professor-o‘qituvchilardan 3 nafari DSc, proffessor, 6 nafari PhD, dotsentlardan iborat.

 

Kafedra tarixi: Ekologiya va hayot faoldiyati xavfsizligi kafedrasi 2022-yil sentyabrdan Kimyo va ekologiya kafedrasi negizida tashkil topgan va alohida kafedra sifatida faoliyat yurutmoqda.

Kafedraga oid ta’lim yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi

Hayot faoliyati xavfsizligi

 

Мagistratura:

Atrof-muhit muhofazasi

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Ekologiya, Atrof muhit kimyosi, Muhandislik ekologiyasi, Ekologik menejment asoslari, Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyalari, Toksikologiya, Ekologiyaning huquqiy asoslari, Amaliy ekologiya, Qattiq chiqindilar utilizatsiyasi, Loyihalash va ekologik ekspertiza, Ekologik sertifikatlash va loyihalash, Sanoat va ekologik xavsizlik, Sanoatda yopiq texnologik tizimlar, Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi, Elektr xavfsizligi, Umumiy toksikologiya, Mehnat muhofazasi, Yong‘in xavfsizligi, Bino va inshootlar xavfsizligi, Mashina va mehanizmlar xavfsizligi, Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchligi, Radiatsiya xavfsizligi,  Qutqaruv va tiklash ishlari, Sanoat xavfsizligi, Korxonalar zararligini baholash, Sanoat xavfsizligi, Ekologiya, hayot faoliyati xavfsizligi hamda fuqaro muhofazasi fanalari o‘tiladi.

Kafedradaning ilmiy yo‘nalishlari:

Kafedraning professor-o‘qituvchilari quyidagi yonalishda ilmiy faoliyat olib boradilar: oqova suvalrni tozalashning resurstejamkor usullarini ishlab chiqish va texnologiyalarini takomillashtirish, tabiatdagi biohilmahillikni asrash uchun ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish, atmosfera havosi tarkibidagi zararli gazlar miqdorini pasaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish, maishiy chiqindilarni utilizatsiyasining matematik modelini ishlab chiqish, obodonlashtirish hodimlarining havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ichlab chiqish, suv inshootlariga xizmat ko‘satish hodimlarini mehnat sharoitini yahshilash.

 

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar:

Hozirgi kunda kefedrada 2 ta o‘quv qo‘llanman va 3 ta monografiya chop etildi.

Ilmiy maqolalar:

2022/2023 o ‘quv yilida kafedrada jami Respublika jurnallarida 4 ta, Xalqaro jurnallarda 4 ta maqola chop etildi. Undan tashqari patent va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha 6 ta guvohnoma olingan.