Devonxona va arxiv bo‘limi
Аzizova Dilorom Аlimovna
Lavozimi :DEVONXONA VA ARXIV BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Qabul vaqti: Xaftaning barcha ish kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha
Telefon: +998 91 578 89 54
Email:tdtu.tf.devon@mail.ru
Devonxona bo‘limining asosiy vazifalari.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga kelgan hukumat qarorlari, vazirlik hay’at qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i (shuningdek, elektron pochta ya’ni portaldan olingan), topshiriqlarni hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan elektron tizim orqali yuborilgan hujjatlarni hisobga olish, ijro muddati belgilangan hujjatlarni ijrosi ta’minlangunga qadar nazorat etish, “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda, oylik, yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotnomalar tayyorlaydi hamda rahbariyatga ma’lumot berib boradi;
universiteti rektoridan chiquvchi umumiy buyruq, xatlar va boshqa rasmiy hujjatlarni elektron hujjat almashish tizimi orqali tegishli fakultet, bo‘limlarga o‘z vaqtida yetkazish maqsadida ular bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi va yuborilishini ta’minlaydi;
universitetining “U” umumiy buyruqlari hamda yuqori va turli tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni ijrosini bo‘lim, shuningdek fakultetlar tomonidan bajarilishini “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib boradi hamda olib borilgan ishlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotni rektor huzuridagi yig‘ilishga taqdim etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda OO‘MTV jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga taqdim etib boradi;
Kalendar yili yakunida universiteti rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan olib borilgan ishlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotni rektor huzuridagi yig‘ilishga taqdim etadi.
