XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI BOSHLIG‘I
Chorshanbiyev Sharafiddin Ibrohim o‘g‘li
Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (soat 09:00 – 11:00)
Telefon: +998 (99) 829-83-94
E-mail: sharafiddinchorshabiev@gmail.com
Telegram: +998 (99) 829-83-94
Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot
Bo‘limning vazifasi strategik ustuvorlikka ega bo‘lgan davlatlar va shaharlardagi muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va xalqaro imkoniyatlardan foydalanishdir. Xalqaro tashabbuslarga yetakchilik qilib, Xalqaro hamkorlik bo‘limi asosiy xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Bo‘limning vazifalari:
- institutning xalqaro aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash;
- xorijiy hamkor OTMlar bilan aloqada bo‘lish;
- institutda bajarilayotgan xalqaro loyihalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash;
- soha bo‘yicha xorijiy hamkorlar va delegatsiyalarni institutga taklif etish va kutib olishni tashkil etish;
- yetakchi xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari bilan aloqa o‘rnatish va ularni institutning o‘quv va ilmiyishlariga keng jalb etish;
- institutda ta’lim olayotgan xorijiy talabalar bilan ishlash, ularga doimiy tarzda konsultatsiya berish, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
- institutga xorijiy fuqarolarni ishga va ta’lim olish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan doimiy aloqada bo‘lish;
- institut xodimlarining xorijiy xizmat safarlariga yuborishda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan safar davomida aloqada bo‘lish;
- institut talabalarini xorijiy OTMlarda akademik mobillik dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash;
- institut xalqaro aloqalari bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
- e’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish.
2022-yilda erishilgan yutuqlar
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti-Times Higher Education agentligining World University Rankings-2023 reytingda “reporter” maqomida qayd etildi shu bilan birga TOP-1000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar sifatida etirof etildi.
Kelgusidagi rejalar:
- Germaniyaning SES (Keksa Mutaxassislar Xizmati) fondi bilan hamkorlikda universitetga ingliz tili bo‘yicha mutaxassis jalb etlilishi ko‘zda tutilgan;
- Xitoy Xalq Respublikasining shimoliy-g‘arbiy universiteti bilan hamkorlikda universitet hududida “Konfutsiy” – xitoy tili markazini, JICA va O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda yapon tili kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan;
- Institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarini xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajrovka va malaka oshirishini tashkil etish;
- Xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish, ilmiy va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish;
- Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash.
- Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturlarida ishtirok etish hamda fakultetlar kesimida institut yosh professor-o‘qituvchilarini Yevropa OTMlariga qisqa muddatli trening kurslar uchun yuborish.
